Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning kelajakdagi transfer rejalari haqida

"Real Madrid" kelajakda bir vaqtning o'zida bir nechta pozitsiyalarni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" kelajakda bir vaqtning o'zida bir nechta pozitsiyalarni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Madrid klubi Karim Benzema va Luka Modrichga o'rinbosar va ikkita qanot himoyachisini sotib olmoqchi.

"Qirollik klubi" Benzema bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytiradi, ammo klub jamoaga yangi asosiy hujumchini olishni istamoqda. Qishda bu masala hal bo'lmaydi, chunki hozir bozorda Benzemadan yaxshi o'ynay oladigan forvard yo'q.

"Real Madrid" mavsum boshida Karimning ko'p jarohat olganidan hafsalasi pir bo'lgandi. Klub forvard statistikasi ham pasayib ketganidan havotirlanmoqda - agar o'tgan mavsumda u 46 ta o'yinda 44 ta gol urgan va har bir golga o'rtacha 70 daqiqa vaqt sarflagan bo'lsa, joriy mavsumda u 19 o'yinda 12 ta gol urgan. Har bir golga 134 daqiqa. Bundan tashqari, Benzema o'tgan mavsumda 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, joriy mavsumda atigi bitta golga assistentlik qilgan.

Sentyabrda 38 yoshga to'ladigan Modrich jismoniy holati sabab barcha o'yinlarda maydonga tusha olmaydi - unga tushadigan yuk kamaytirilishi kerak. 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin yarim himoyachi hali o'zining eng yaxshi formasiga qayta olmayapti.

Agar madridliklar kelasi yozda Jud Bellingemni qo'lga kirita olsa, u holda Modrich jamoada ikkinchi darajali rolga tushib qoladi. Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi Bellingem atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan, biroq “Borussiya” bilan hali muzokaralarni boshlamagan. Agar transfer amalga oshsa, keyingi mavsumda "Real Madrid"ning asosiy yarim himoyachilari Orelen Tchuameni, Jud Bellingem va Toni Kroos bo'ladi.

Bundan tashqari, "Real Madrid" himoyaning o'ng va chap qanotini ham kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda. Ferlan Mendining chap qanotdagi o'yini Karlo Anchelottini ishontirmayapti. O'tgan yozda madridliklar uni sotishga tayyor edi, ammo yaxshi takliflar bo'lmagandi. Bu pozitsiya uchun muqobil variantlar - Nacho, David Alaba va Antoni Ryudiger. Ularning barchasi asli chap qanot himoyachisi emas.

Anchelotti bu pozitsiyada ko'rmoqchi bo'lgan futbolchi "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisdir. Madridliklar unga 2024 yilning yozida, myunxenliklar bilan shartnomasi tugashidan bir yil avval taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

BestMaster
19 Yanvar 2023, 15:00
realning, kelajakdagi, transfer, rejalari, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Яхши
20 Yanvar 2023, 09:00
 u7777u  
Зур
20 Yanvar 2023, 09:00
 u7777u  
Трансфир керак
20 Yanvar 2023, 10:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads