Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Chelsi» bir mavsumda transferlarga pul sarflash bo'yicha «Barselona»ning rekordini yangiladi

«Chelsi» joriy mavsum transferlarga katta mablag' sarflayapti.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» joriy mavsum transferlarga katta mablag' sarflayapti.

London klubi yozgi va qishki transfer oynasini qo'shib hisoblaganda bu mavsumda 425 million evrolik xaridlarni amalga oshirdi. Bu orqali «Chelsi» bir mavsumda transferlarga eng ko'p mablag' sarflagan klubga aylandi.

Londonliklar bu borada «Barselona»ning 2017/18 yilgi mavsumdagi rekordini yangiladi. O'shanda katalonlar 380 million evro ishlatgandi. Bu borada uchinchi o'rinda «Real»ning 2019/20 yilgi mavsumdagi xaridlari joy olgan.

Top-10 lik quyidagicha:

1. «Chelsi» (2022/23 yilgi mavsum) — 425 mln evro
2. «Barselona» (2017/18) — 380 mln evro
3. «Real Madrid» (2019/20) — 356 mln evro
4. «Manchester Siti» (2019/20) — 318 mln evro
5. «Barselona» (2019/20) — 299 mln evro
6. «Yuventus» (2018/19) — 263 mln evro
7. «PSJ» (2018/19) — 262 mln evro
8. «Chelsi» (2017/18) — 261 mln evro
9. «Real Madrid» (2009/10) — 259 mln evro
10. «Atletiko» (2019/20) — 247 mln evro

«Chelsi» avvalroq ukrainalik futbolchi Mixaylo Mudrikni 70+30 million evroga sotib olgani ma'lum bo'lgandi. Bundan tashqari klub Uesli Fofana, Mark Kukurelya, Rahim Sterling, Kalidu Kulibali, Benua Badyashil, Karni Chukvuemeka, Per-Emerik Obameyang, David Fofana, Andrey Santos, Joau Feliks, Gabriel Slonina va Denis Zakariya kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

BestMaster
17 Yanvar 2023, 16:00
«chelsi», mavsumda, transferlarga, sarflash, boyicha, «barselona»ning, rekordini, yangiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads