Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xavi: «Sovrin qo'lga kiritish «Real»dan ko'ra «Barselona»ga muhimroq edi»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi «Real» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi «Real» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Sovrin qo'lga kiritish «Real»dan ko'ra bizga ko'proq muhim edi.

"Futbolchilarimdan mamnunman, ular bunga loyiq edi. Kiyim almashtirish xonasidagi muhit ajoyib. «Real»ga qarshi o'ynayotganda, ularni nazorat qilish va xatolarni imkon qadar kamaytirish lozim.

"Bahs biz uchun ajoyib o'tdi va futbolchilar buni tushunib turgandi. Gavi, Pedri, Frenki de Yong... Dembele va Arauxoni ham eslab o'tish kerak. Ularning barchasi uchun xursandmiz.

"Finalda «Real»ga qarshi o'ynaganimizdek, «Seute» va «Xetafe»ga qarshi o'yinda ham shunday harakat qilishimiz kerak. Xotirjamlikka berilish kerak emas. Bu mening ishim.

"Xursandman. Endi jamoani boshqarishda va yordam berishda davom etishim kerak. Bu oxirgi sovrin bo'lib qolmaydi deb umid qilaman.

"Bizda ajoyib avlod etishib chiqmoqda. O'yinchilar sovrinlarga chanqoqligi sezilmoqda. Ancha vaqtdan buyon sovrin qo'lga kiritmagandik. Mana shu kun burilish nuqtasi bo'lib xizmat qilishini xohlardim", — dedi Xavi.

BestMaster
16 Yanvar 2023, 18:40
«sovrin, qolga, kiritish, «real»dan, kora, «barselona»ga, muhimroq, edi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads