Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Chelsi"ning yangi a'zosi Mixail Mudrik "Real" muxlislarini "Bernabeu"da hayratda qoldirganini bilasizmi?

"Chelsi" Mixail Mudrikni 70 million evro va qo'shimcha to'lovlar uchun 30 million evro evaziga sotib oldi.

.
- Yuklab olish

"Chelsi" Mixail Mudrikni 70 million evro va qo'shimcha to'lovlar uchun 30 million evro evaziga sotib oldi.

Ukrainalik yarim himoyachi dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ba'zilar uni "yangi Neymar" deb ham atashadi.

22 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Real”ga qarshi 4 marta maydonga tushgan. O'yinlarning biridan so'ng Mudrikni “Santyago Bernabeu”da “Real” muxlislari hatto olqishlashdi.

Bu 2021 yilda Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o'yinda edi. Qanot hujumchisi o'sha o'yinda Dani Karvaxal va Kazemironi qiynab qo'ydi, ammo gol ura olmadi. Shunga qaramay, butun stadion u o'zgartirilayotganda ukrainalikni qarsaklar bilan kuzatib qo'ydi.

"Bernabeu"da olqishlarga sazovor bo'lgan Mudrik Andres Inesta (La Liga, 2015 yil noyabr), Ronaldino (La Liga, 2005 yil noyabr) va Diego Maradona (Kopa del Rey finali, 1983 yil) safiga qo'shildi. Ularning barchasi “Santyago Bernabeu”da olqishlar olgan.

Hatto “Bernabeu”da 15 ta gol urgan Leo Messiga ham bunday sharaf nasib qilmagan.

Futbolchi “Shaxtyor” safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mudrikda ajoyib iste'dod borligi aniq bo'lsa-da, uning "Bernabeu"da muvaffaqiyat qozonishini tasavvur qilish qiyin.

BestMaster
15 Yanvar 2023, 23:00
chelsining, yangi, azosi, mixail, mudrik, real, muxlislarini, bernabeuda, hayratda, qoldirganini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads