Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Endrik: «Real»ni Vini va Krish tufayli tanladim»

«Flamengo» klubi va Braziliya milliy jamoasining afsonaviy futbolchisi Ziko har yili muhtasham «Marakana»da an'anaviy xayriya o'yini tashkillashtiradi.

.
- Yuklab olish

«Flamengo» klubi va Braziliya milliy jamoasining afsonaviy futbolchisi Ziko har yili muhtasham «Marakana»da an'anaviy xayriya o'yini tashkillashtiradi.

Bu safargi uchrashuvda «Palmeyras» tarkibida porlagan yosh iqtidor Endrik ham qatnashdi. U xayriya tadbiridan so'ng Ispaniyaning Marca nashriga qisqacha intervyu berdi. Eslatish kerak, ushbu vunderkindning transfer huquqi yaqinda «Real» ixtiyoriga o'tdi. To'g'ri, u Madrid superklubi safiga 18 yoshga to'lgach, ya'ni 2024 yili qo'shiladi.

- «Madrid» bilan shartnoma tuzganing e'lon qilinganidan buyon o'zingda qandaydir o'zgarishlarni sezyapsanmi?

- Hammasi joyida. Ha, bag'oyat xursandman, lekin Xudoga shukr, osmonning ettinchi qavatida uchayotganim yo'q. Axir hali hech narsa yutganim yo'q, faqat hozirgi holatimdan mamnunman. Keyinchalik nimalar bo'lishini esa Yaratgandan boshqasi bilmaydi. Umid qilamanki, 2024 yilgacha ancha shakllanib, «Real» safiga munosib futbolchi sifatida boraman. Hozir «Palmeyras»daman, albatta, «qaymoqranglilar»ga befarq qaramayman. Ayniqsa, yaqin do'stim Vini (Vinisius Junior)ga alohida muxlislik qilaman, uning mavsumni zo'r o'tkazishiga tilakdoshman. Shuning­dek, Eder (Militao) va Rodri (Rodrigo)ga ham omad tilayman. «Real» esa ChL va La Ligada yana g'alaba qozonsin, superkubokni ham o'ziniki qilsin!

- Nega aynan «Real»ni tanlading? Har holda, oldingda boshqa variantlar ham yo'q emasdi...

- Birinchidan, «Real Madrid» - katta klub. Jamoa haqida Vini gapirib bergach, menda beixtiyor uning safida o'ynash orzusi tug'ilgandi. Ikkinchidan, futboldagi kumirim - Krishtianu Ronaldu eng yaxshi davrini aynan «Real»da o'tkazdi. Shularni o'ylab, «Madrid» foydasiga qaror chiqardim va o'ylaymanki, tanlovda adashganim yo'q. Yaratgan hamisha men bilan birgaligi va eng to'g'ri yo'ldan borishimda yordam berishiga ishonaman.

- Vinisius ham qandaydir maslahat-tavsiyalar berdimi?

- Ha, albatta. Lekin hozir uning so'zlarini takrorlaydigan bo'lsam, ko'p vaqt ketadi, shuning uchun maslahatlarini ichimda saqlashim ma'­qul. U nafaqat bugun, balki butun hayotda asqotadigan maslahatlar berganini ta'kidlashim mumkin. Vini - qadrdon do'stim. Inoqligimiz uzoq yillar davom etishidan umidvorman. Yana kelajakda o'zaro uzatmalar evaziga ko'plab gollar urishimizga ishonchim komil.

- Karlo Anchelotti yoki jamoaning boshqa futbolchilari bilan gaplashish imkoni bo'ldimi?

- Ha, Anchelotti bilan gaplashdim. Shuningdek, Rodrigo va Eder bilan fikr almashdik. Hayotimda sodir bo'layotgan voqealar uchun hamisha shukrona aytaman. Umid qilamanki, meni oldinda eng yaxshi voqeliklar kutmoqda. Shuning barobarida hozir oyog'imni erdan uzmasligim, kamtarlikni saqlagan holda ko'p ishlashim zarurligini ham bilaman.

- Bugungi xayriya o'yinida yaxshi ko'rinding, 3ta gol urding...

- Aslida o'yinga o'ta jiddiy yondashmadim, lekin har qanday bahsda engilishni aslo yoqtirmayman. Yaxshi futbol bo'ldi, muxlislarga ham yoqdi, menimcha. Endi mashg'ulotlarni davom ettirish uchun San-Pauluga qaytaman. Chunki doimo yaxshi sport formasida turishim shart.

M.PO'LATOV tayyorladi

BestMaster
15 Yanvar 2023, 13:20
endrik, «real»ni, vini, krish, tufayli, tanladim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Бу
16 Yanvar 2023, 09:49
 u7777u  
Реалга утишни
16 Yanvar 2023, 09:49
 u7777u  
Кимлар орзу қилиайди
16 Yanvar 2023, 09:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads