Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugungi “el-klasiko” oldidan statistik ma'lumotlar bilan tanishing

Xabaringiz bor, bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da Ispaniya superkubogi finalidan o'rin olgan bahsda Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari o'zaro bellashadilar hamda butun dunyo muxlislari yangi yildagi ilk “el-klasiko” guvohiga aylanishadi. 

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da Ispaniya superkubogi finalidan o'rin olgan bahsda Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari o'zaro bellashadilar hamda butun dunyo muxlislari yangi yildagi ilk “el-klasiko” guvohiga aylanishadi.

Ko'pchilikni mazkur jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilikka oid statistik ma'lumot qiziqtirishini inobatga olgan holda, quyida shunga to'xtalishga qaror qildik.

Bugungi “el-klasiko” hisob bo'yicha barcha musobaqalardagi 285-hisoblanadi. Ortda qolgan 284 ta o'yinning 117 tasida “Barselona” g'alaba qozongan bo'lsa, “Real” hisobida 105 ta yutuq bor. 62 ta bellashuvda esa jamoalar o'zaro murosa ko'chasini tanlagan. To'plar nisbati – 493-461, kataloniyaliklar foydasiga.

Eng ko'p “el-klasiko” La-ligada kuzatilgan va Ispaniya milliy chempionatlarida “Real” hamda “Barsa” o'zaro 185-marta to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlarning 77 tasida madridliklar, 73 tasida esa “anorranglilar” zafar quchishgan. 35 ta bahsda esa durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati – 298 – 296, “Qirollik klubi” foydasiga.

Ispaniya superkubogi turnirida mazkur klublar shu kungacha 15 marotaba kuch sinashishgan. Bugungisi 16-to'qnashuv bo'ladi. Ushbu 15 ta uchrashuvdan 9 tasida “qaymoqranglilar” g'alaba qozonishgan bo'lsa, kataloniyaliklar hisobida 4 ta yutuq bor. Yana 2 o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati – 33-20, “Real” foydasiga.

BestMaster
15 Yanvar 2023, 11:20
bugungi, “el-klasiko”, oldidan, statistik, malumotlar, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Реал
15 Yanvar 2023, 13:08
 u7777u  
Чемпион булади
15 Yanvar 2023, 13:09
 u7777u  
Худо хохласа
15 Yanvar 2023, 13:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads