Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xavi: «Joze Mourino davridagi «klasiko»lar ijobiy o'tmagan»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi finalidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi finalidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

«Barselona»da bu muhokama ham qilinmaydi. Biz «Barselona»miz va sovrinlar sari boramiz. Bu klub men uchun hamma narsadan muhim.

G'alaba qozonishimiz yoki mag'lub bo'lishimizdan qat'i nazar sovrinlar uchun kurashishda davom etamiz. «Real» ustidan g'alaba ko'p narsani anglatishi mumkin.

Futbolchilik vaqtimdagidan buyon ko'p narsa o'zgarmagan. Hozirda men shunchaki g'alaba qozonuvchi jamoani o'yinga tayyorlashim kerak.

Ruhiyat juda muhim. Ularda finalda zafar quchish bo'yicha tajriba yuqori. Butun o'yinni «Betis»ga qarshi bo'lib o'tgan 60 daqiqadek o'tkazishga harakat qilamiz.

Mourino davridagi «klasiko»lar ijobiy o'tmagan. Ikkala jamoa uchun ham yomon imij yaratgandi.

Anchelotti bilan munosabatlarimiz yaxshi, u bilan juda ko'p ko'rishganmiz. Qatardalik vaqtimda unga Aspire akademiyasi elchisi sifatida mukofot ham topshirganman. Anchelotti futbol dunyosidagi olijanob insonlardan biri.

U bilan oramizdagi jang faqatgina sportda ekanligini unutmaslik lozim. Men «Real» bosh murabbiyi va bir nechta futbolchisiga qoyil qolaman, buni yashiradigan joyi yo'q",  dedi Xavi.

«Real» va «Barselona» 15 yanvar, yakshanba kuni Ispaniya superkubogi finalida o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

BestMaster
15 Yanvar 2023, 08:40
«joze, mourino, davridagi, «klasiko»lar, ijobiy, otmagan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads