Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: «Real» hozir yaxshi formada emasligi — kutilgan holat»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan «Valensiya»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan «Valensiya»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Klubimiz uchun sovrinlar muhim ahamiyatga ega. O'tgan mavsumda ushbu musobaqadagi g'oliblik jamoamizga ishonch bag'ishlab, kurashish uchun ishtiyoqni oshirgandi. Bu safar ham shunday bo'ladi, deb umid qilaman. Uyga sovrin bilan qaytish uchun «Valensiya»ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerak.

Mavsumning ushbu bosqichida yaxshi formada bo'lmasligimiz — kutilgan holat. Ammo mashg'ulotda olgan xulosalarim — ijobiy. «Vilyarreal»ga qarshi o'yin meni hayron qoldirdi. Men boshqa jamoani ko'rdim. Biz barchasini to'g'ri bajarishimiz kerak, jumladan, himoyada yuqori darajada o'ynashimiz shart.

Biz har bir sovrin uchun kurashishimiz shart. Faqat shu haqida o'ylaymiz. Uni qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ishga solishimiz zarur. Maqsadimiz — Ispaniya superkubogini qo'lga kiritish. Hozircha keyingi maqsadlar haqida o'ylamayapmiz», – dedi Karlo Anchelotti.

BestMaster
10 Yanvar 2023, 22:40
anchelotti, «real», hozir, yaxshi, formada, emasligi, kutilgan, holat»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads