Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» FFF prezidentining fikrlariga nisbatan keskin bayonot berdi

Madridning «Real» klubi Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti (FFF) Noel Le Gre tomonidan Zayniddin Zidan haqida aytilgan fikrlarga munosabat bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti (FFF) Noel Le Gre tomonidan Zayniddin Zidan haqida aytilgan fikrlarga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Zidan Frantsiya termasini boshqarishga da'vogar hisoblanayotgandi. Ammo FFF Dide Desham bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Le Gre Zidanning nomzodi haqidagi savolga javob berarkan: "Agar Zayniddinning o'zi qo'ng'iroq qilganida ham go'shakni ko'tarmagan bo'lardim", — degan mazmunda javob berdi.

«Real Madrid» futbol klubi Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grening jahon sport olamidagi buyuk shaxslardan biri — Zayniddin Zidan haqidagi achinarli bayonotidan afsusda.

Bu so'zlar butun jahon bo'ylab futbol muxlislarining mehrini qozongan insonga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Klubimiz esa zudlik bilan vaziyatni o'nglashni talab qiladi. Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qilib, Jahon va Evropa chempioniga aylangan Zidanning sport olamida qadri baland. U buni o'yinchi va murabbiy sifatida professional faoliyatida isbotlagan.

Frantsiya futbol federatsiyasi prezidentining bayonoti o'rinsiz. Boz ustiga, bunday lavozimdagi inson uchun yarashmaydi va uni obro'sizlantiradi. U bunday ishni bizning sardorimiz, "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi, Frantsiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi g'olib chiqqan, besh karra Chempionlar ligasi g'olibi Karim Benzemaga nisbatan ham qilgandi», — deyiladi "Real" bayonotida.

BestMaster
9 Yanvar 2023, 17:20
«real», prezidentining, fikrlariga, nisbatan, keskin, bayonot, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads