Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Asensio tez orada jarohatidan qutiladi

Zidan uchrashuvdan oldin press-konferensiyada qatnashdi.

Зидан: "Асенсио близок к восстановлению от травмы"

O'yin haqida:

"Biz bu turnirga amaldagi chempionlar sifatida qaytganimizdan xursandmiz. Biz yangi turnirni boshlaymiz va yangi maqsadlar ila. Bizni qiyin mavsum kutib turubdi va biz sovrinlar uchun kurashamiz. "Madrid"da har doim katta bosim bo'lgan , ammo biz bunga e'tibor bermaymiz. Biz turnirning favoritlarimiz ammo boshqa kuchli jamoalar ham bor. Sovrinni munosib himoya qilishi va har bir uchrashuvda g'alaba qozonish meni qiziqtirayotgan yagona narsa."

Ronaldu haqida:

"U yana maydonga qaytayotganidan juda xursand, u futbol o'ynashni hamma narsadan ham yaxshi ko'radi. Jamoada barcha uni maydonga qaytayotganidan xursand. Uning maydonga qaytishi bizga qo'shimcha sovrin uchun kuch bag'ishlaydi. Ronaldu ertaga maydonga tushadi, lekin Ispaniya chempionatida emas. Men Ronalduni biz bilan qolishini xohlayman, Umuman, men qo'l ostimdagi barcha futbolchilarni hech qayerga qo'yib yuborishni istamayman. Krishtianu - shunchaki bizni bombardir emas, balki liderimiz. U har doim g'alaba qozonishni istaydi va bu narsa boshqalarga ham ta'sir ko'rsatadi."

Omdasiz uchrashuvlar haqida:

"Analigik jihatdan vaziyat o'tgan yilgi ssenariy ostida kechmoqda. Albatta biz bu natijalarni istamadik, lekin bu futbol.  Biz o'z uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz, kelajakda ko'p mehnat qilib oldinga bormoqchimiz. Bu bizning asosiy maqsad."

O'zgarishlar haqida:

"Biz yanvargacha hech narsani o'zgartira olmaymiz. O'tgan yili bizda Mariano va Morata bor edi, hozir esa faqat Mayoral. Men Moratani klubda qolishini xohladim, ammo u ko'proq futbol o'ynashni istadi va buni xurmat qildik. Endilikda biz faqat oldinga borishimiz kerak va qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz zarur. Men Mayoralga ishonaman, u juda yosh va o'yinga chanqoq."

Mayoral haqida:

"Ertaga (bugun) u biz bilan birga bo'ladi, lekin qarorni men qabul qilaman. Ertaga biz qanday futbol o'ynashni bilamiz. Borxa - yangi variant.

Sebalyos haqida:

"Uning uyi - "Real Madrid". U bizning futbolchi va unga o'yin amaliyoti zarur. Hozircha mavsum endi boshlandi va men undan qoniqyapman. Dani yaxshi mehnat qilyapdi."

Varan va Asensio haqida:

"Rafael butunlay tuzalib safga qaytdi. Asensio tezda jarohatidan tuzalib, yaqin vaqtlar ichida safga qaytadi."

 

BestMaster
13 Sentabr 2017, 19:30
zidan, asensio, orada, jarohatidan, qutiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads