Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jerar Pike La Liga futbolchisini Ispaniya medialigasida o'ynashini e'lon qildi

.
- Yuklab olish

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda esa Ispaniya media-futbol ligasi prezidenti Jerar Pike havaskorlar o'rtasidagi turnirda professional La Liga futbolchisi o'ynashini ma'lum qildi.

Pikening so'zlariga ko'ra, La Liga futbolchisining kimligi butunlay anonim bo'ladi. Futbolchi niqobda o'ynaydi. Faqatgina futbolchining yoshi 30 dan oshmagani va u "Buyer Team" media klubida o'ynashi ma'lum.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyi oxirida Pike "Qirollar ligasi" deb nomlangan Ispaniya media ligasi tashkil etilganini e'lon qilgan edi. Turnirda 12 ta jamoa ishtirok etadi, o'yinlar 7ga 7 formatida o'tkaziladi. Klublar prezidentlari taniqli blogerlar va sobiq futbol yulduzlaridir. Misol uchun, "Kunisports"ni argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero boshqaradi, "1K" jamoasini esa sobiq "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas tomonidan boshqaradi.

BestMaster
7 Yanvar 2023, 12:00
jerar, pike, liga, futbolchisini, ispaniya, medialigasida, oynashini, elon, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads