Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi emasligi sababi topildi

Madridning “Real” klubi “PSJ” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transferi jamoadagi muhitni buzishi mumkin deb hisoblamoqda.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi “PSJ” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transferi jamoadagi muhitni buzishi mumkin deb hisoblamoqda.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, bunday saviyadagi futbolchining transferi madridliklar jamoasidagi futbolchilar rolining o'zgarishiga olib kelishi mumkin, "Real Madrid" bunday bo'lishini istamaydi. Xuddi shu sababga ko'ra, klub hujumchi Krishtianu Ronalduni qaytarish variantini ko'rib chiqmagan.

"Real Madrid" Mbappe jamoaga ko'p narsa berishi mumkinligiga ishonmoqda, ammo klub "PSJ"dan futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti. "Qirollik klubi" uchun hozirgi muhitni saqlab qolish muhimroq.

Mbappe o'tgan mavsum oxirida Madrid klubiga o'tishi mumkin edi, biroq futbolchining tashabbusi bilan transfer amalga oshmay qoldi. Frantsiyalik futbolchi PSJ bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishga qaror qildi.

Madridning “Real” klubi ayni damda 35 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda.

BestMaster
25 Dekabr 2022, 17:00
mbappe, bilan, shartnoma, imzolamoqchi, emasligi, sababi, topildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads