Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Luka Modrich: «Futbolda qo'rquvga o'rin yo'q!»

Luka Modrich JCh-2022 chorak final bosqichi doirasidagi Braziliya bilan o'tgan dramatik uchrashuvdan so'ng El Chiringuito nashriga intervyu bergandi.

.
- Yuklab olish

Luka Modrich JCh-2022 chorak final bosqichi doirasidagi Braziliya bilan o'tgan dramatik uchrashuvdan so'ng El Chiringuito nashriga intervyu bergandi.

«Oltin to'p»-2018 sohibi Qatardan turib barcha madridlik futbolchilaru «Real Madrid» muxlislariga salom yo'llab, jahon chempionatini uyiga olib borishga umid qilayotganini yashirmadi.

- Terma jamoada ishlar qanday?

- Hamma juda xursand, lekin charchagan. Uchrashuvdan keyingi ikkinchi kun, ayniqsa har doim qiyin.

- Sizlar ajoyib kurashyapsiz...

- Bu bizning mentalitetimiz. Xorvatiya terma jamoasida o'ynash - bu o'zgacha hissiyot, uning libosini kiyish muqaddasdir.

- Penaltilar seriyasidan oldin darvozabon bilan gaplashganingizni ko'rdik. Rodrigo qaerga urishini aytdingizmi?

- Yo'q, yo'q... Livakovichda o'ziga bo'lgan ishonch katta edi. Men unga faqat Kazemiro haqida aytdim, u qaerga urishini bilardim, ammo zarbasi juda yaxshi chiqdi.

- Siz yosh avlodga o'rnak bo'lasizmi?

- Buni ulardan va atrofimdagilardan so'rash kerak. O'zim haqimda gapirishni yoqtirmayman, lekin yonimdagilarga yordam berishga doim tayyorman.

- Argentinaning so'nggi o'yinidagi bahslar haqida qanday fikrdasiz?

- Hali ko'rmadim, bor e'tiborimiz tayyorgarligimizga qaratilgan, qolgani esa bizni qiziqtirmaydi.

- Messining tayyorgarligi qanday ko'rinmoqda?

- U Argentina terma jamoasi kabi ajoyib formada. Biz raqibni hurmat qilamiz, lekin undan qo'rqmaymiz. Futbolda qo'rquvga o'rin yo'q.

- Bunday aql bovar qilmas formani saqlab qolishingiz siri nimada?

- Hech qanday sir yo'q, aniq bir narsani ayta olmayman. Faqat, har doimgidek shunday deyman: men tinimsiz mehnat qilaman va o'zimni 100 foiz futbolga bag'ishlayman.

- Hozirgi Xorvatiya terma jamoasida «Real» DNKsi bormi?

- Ishonchim komilki, shunday. «Madrid» har doim oxirigacha boradi va hech qachon taslim bo'lmaydi, Xorvatiyada ham shunday. Bu mamlakat ko'p narsalarni boshdan kechirdi, bizda o'ziga xos xususiyat bor. Biz bilan sodir bo'lganlarning bari bizga yordam beradi.

- Madridliklar Modrichning mundial uchun qo'lidan kelganini qilishidan va mavsumning ikkinchi yarmiga kuch qolmasligidan xavotirda...

- Yo'q, yo'q, yo'q... Ularning tashvishlanishiga hojat yo'q, tiklanishim uchun dam olishga etarlicha vaqtim bo'ladi.

- Endi sizni turnirda ko'pchilik qo'llab-quvvatlaydi.

- Ha, bu ajoyib, chunki Ispaniya mening ikkinchi vatanim. U erda 10 yildan ortiq vaqtdan beri yashab kelyapman va ko'plab qo'llab-quvvatlashu tabriklarni qabul qilaman.

- Muxlislar ham «Real»dagi kelajagingiz haqida xabar kutishmoqda...

- Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Men jahon chempionatidaman, bor e'tiborimni Xorvatiyaga qaratganman. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Hamma narsa haqida gapirishga vaqtimiz bo'ladi, tashvishlanmang.

- Faoliyatingizni Madridda yakunlamoqchimisiz?

- Albatta xohlardim. Men buni ko'p marta aytganman. Hozircha aniq bir narsa deb bo'lmaydi, lekin bu mening orzuim.

- Muxlislarga kelajagingiz haqida gapirib bering.

- Tushundimki, bu mavzuni aniq javob olmaguncha tugatmoqchi emassiz, lekin hozir aytadigan gap yo'q... Doxadan barchaga salom yo'llayman va Xorvatiya termasini qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat deyman. Tez orada ko'rishamiz, umid qilamanki, bu jahon chempionati kubogi bilan birga bo'ladi - bu aql bovar qilmaydigan bo'lardi.

 MUHAMMADXON tayyorladi.

BestMaster
21 Dekabr 2022, 00:00
modrich, «futbolda, qorquvga, orin, yoq!»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads