Yarim himoyachi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.
«Biz oltin medalni qo'lga kiritishni istagandik va bunga yaqin edik. O'z o'yinimiz bilan faxrlanamiz va uyga g'olib sifatida qaytamiz.
Terma jamoa darajasidagi muvaffaqiyat men uchun muhim ahamiyatga ega, juda xursandman. Jamoamiz o'sishga erishdi. Endi g'alabalar bu — yigirma yilda ro'y beradigan mo''jiza emas. Endi jamoamizni sirli tulpor deya olmayman.
Jamoamizning kelajagi yorqin. Ba'zi futbolchilar jahon chempionatida ilk marta ishtirok etishdi va darhol medalga sazovor bo'lishdi. Menga esa buning uchun 12 yil kerak bo'lgan. Buni ular qadrlashlari kerak.
Xorvatiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi musobaqasida o'ynashda davom etaman. Shundan keyin esa o'ylab ko'raman», – dedi Modrich.