Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jahon chempionati kashfiyotlari

Jahon chempionati bir qator yorqin yulduzlarga ega bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz.

.
- Yuklab olish

Jahon chempionati bir qator yorqin yulduzlarga ega bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz. Ularning orasida hamma tanigan-bilgan nomzlarning borligi bu tabiiy holat. Lekin aynan shu chempionatda o'zi ko'rsatgan iqtidorlar ham talaygina. Bugun ularning eng yorqinlari haqida gaplashamiz.

Dominik Livakovich, darvozabon, Xorvatiya, 8,5 million evro

27 yoshli darvozabon jahon chempionatida oltita o'yin o'tkazib, shuncha gol o'tkazib yubordi. Livakovich Xorvatiyaga ikkita penaltilar seriyasida g'alaba qozonishga yordam berdi, yaponiyaliklar va braziliyaliklarning jami to'rtta zarbasini qaytardi. Dominik Zagrebning “Dinamo” klubi vakili sanaladi. 2015 yildan buyon darvozabon klub safida 262 ta o'yin o'tkazgan va o'z darvozasidan 213 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning "Dinamo" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo "Bavariya" bu qishda Livakovichni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Myunxenliklar xorvatni jarohat olgan Manuel Noyerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Bavariya" Livakovich atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlagan. Muloqot dastlabki bosqichda bo'lsa-da, to'laqonli taklif haqida gapirishga hali erta.

Kodi Gakpo, yarim himoyachi, Niderlandiya, 45 million evro

23 yoshli vinger jahon chempionatida beshta o'yinda maydonga tushib, Senegal, Ekvador va Qatar termalariga gol urdi va bir vaqtning o'zida bir nechta klublar e'tiborini tortdi. ESPN xabariga ko'ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronaldu o'rniga Kodi Gakponi olib kelmoqchi. Shuningdek, futbolchining jahon chempionatidagi o'yinini "Barselona" diqqat bilan kuzatib bordi.

Gakponing o'zi top-klublarning bunday e'tiboridan ajablanmaydi. PSV direktori Marsel Brandsning aytishicha, qanot hujumchisi yanvar oyida sotilishi mumkin, biroq Eyndxoven uchun rekord narxga.

Gakpo PSV bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Kodi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2018 yildan buyon PSV safida 159 ta o'yinda maydonga tushib, 55 ta gol va 50 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Sofyan Amrabat, yarim himoyachi, Marokash, 10 mln evro

26 yoshli himoyachi jahon chempionatidagi har bir o'yinda maydonga tushdi. Amrabat - maydonning har bir qismida to'p uchun kurashadigan haqiqiy jangchi. 90 min nashri xabariga ko'ra, "Tottenxem" yarim himoyachi uchun kurashga qo'shildi. “Shporlar” Amrabatni 2022 yilning yanvarida sotib olishni rejalashtirgandi, ammo ular Rodrigo Bentankur bilan shartnoma imzoladi. Klub rahbariyati futbolchini 2023 yilning qishida sotib olishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchining ortidan londonliklar maydon markazini kuchaytirishga juda muhtoj bo'lgan "Liverpul" bilan raqobatlashishlari kerak. Amrabatga bo'lgan qiziqish ortganiga qaramay, "Fiorentina" Sofyanni o'zida saqlab qolmoqchi...

Amrabat “Fiorentina” safida 2020 yilning yanvaridan beri o'ynaydi. Uning hisobida 78 ta o'yinda va bitta gol bor.

Entso Fernandes, yarim himoyachi, Argentina, 35 million evro

21 yoshli markaziy yarim himoyachi jahon chempionatidagi har bir o'yinda maydonga tushib, Meksika darvozasiga gol urdi va Polshaga qarshi bahsda golli uzatma berdi. Entso “Benfika” safida 2022 yilning yozidan buyon o'ynaydi. Shartnoma 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o'yin tufayli yarim himoyachiga "Real" va "Liverpul" qiziqish bildirgan. “Qaymoqranglilar” argentinalikni Jud Bellingemga muqobil variant sifatida ko'rmoqda, deb yozadi Marca. "Liverpul"ga kelsak, ular futbolchi uchun "Liverpul" 120 million funt to'lashga tayyor.

Gonsalu Ramush, hujumchi, Portugaliya, 24 million evro

21 yoshli hujumchi Portugaliya va Shveytsariya o'rtasidagi o'yin qahramoniga aylandi. Ramos xet-trik qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Ramush "Manchester Yunayted"ning navbatdagi transfer maqsadlari ro'yxatida.

"Yunayted" ko'plab variantlarni ko'rib chiqmoqda. Gakpo haqida bilamiz, ammo boshqa variantlar ham bor. Ular eng yaxshi variantni tanlash uchun muhokama qilishda davom etmoqda. Ramush joriy mavsumda “Benfika” safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
16 Dekabr 2022, 16:00
jahon, chempionati, kashfiyotlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads