Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karim Benzema: «O'zimga ortiqcha bosim o'tkazishdan foyda yo'q...»

Madridning «Real» klubi hujumchisi jahon chempionatida g'alaba qozonish uchun favoritlardan biri bo'lgan Frantsiya bilan Qatarga yo'l olgandi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi hujumchisi jahon chempionatida g'alaba qozonish uchun favoritlardan biri bo'lgan Frantsiya bilan Qatarga yo'l olgandi.

Telefoot nashriga bergan intervyusida u katta voqe'lik oldidan his-tuyg'ulari haqida gapirdi. Biroq, ming afsuski, eski jarohati hali to'liq tuzalmagan ekan va mashg'ulotlar payti yana og'riq sezdi. Natijada «Oltin to'p»ning amaldagi sohibini mundialda ko'rolmaydigan bo'ldik. Shunday bo'lsada, Karim Mustafoning JChdan umidlarini e'tiboringizga havola etdik...

- «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritishingizni bilarmidingiz?

- «Oltin to'p»ni qo'lga kiritmagunimcha futbol o'ynashni to'xtatmoqchi emasdim. Men har doim o'zimga ishonganman. Qachondir o'zimning fazilatlarim va ambitsiyalarim tufayli uni yutishim mumkinligini bilardim. Shuning uchun ham so'nggi to'rt yil davomida bu sovrinni qo'lga kiritishga harakat qildim.

- Krishtianu Ronaldu ushbu sovrin bilan sizni tabrikladimi?

- Yo'q hali tabriklamadi.

- «Real»ning oxirgi ko'plab uchrashuvlarini o'tkazib yubordingiz. Ish qilib jahon chempionatida o'sha barchamiz bilgan Karim Benzemani ko'ramizmi?

- Men yaxshiman. Biroz jiddiy bo'lmagan jarohatim bor edi, lekin juda bunchalik ko'p o'yinlar uchun bu normal holat. O'zimga g'amxo'rlik qildim: formada bo'laman va terma jamoada bo'laman. Shunday ekan, hech qanday muammo yo'q. Endi diqqatimni jamlab nima qilishim kerakligiga e'tibor qarataman. Noqulaylik bor edi: o'ynay olardim, faqat 100 foiz kuch bilan emas. Endi esa maydonga chiqishim bilan borimni berib o'ynayman. Jismoniy jihatdan yaxshi ishlayapman, shuning uchun tashvishlanishga hojat yo'q.

- Bunga tig'iz taqvim sababmi?

- Biz futbol o'ynashni yaxshi ko'ramiz. Muammo shundaki, biz mashina emasmiz. Siz har doim 100 foizga tayyor bo'lishingiz va har uch kunda o'ynashingiz kerak. Qaysidir lahzada jarohatlar sodir bo'ladi - bu normaldir.

- Ikkinchi mundialdan nimani kutyapsiz?

- Ko'p g'urur, quvonch, biz jahon chempionati nimani anglatishini bilamiz. Turnir boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.

- Turnirda barcha Frantsiyaga favoritlaridan biri sifatida qaraydi...

- Barcha frantsuzlar bir xil fikrda: qog'ozda biz eng zo'rmiz («D» guruhida). Biz qo'rqmasligimiz kerak, chunki jamoada iqtidorlar ko'p. Futbol har doim bir xil: maydonda 11 kishiga qarshi 11 kishi o'ynaydi. Shuning uchun biz ambitsiyali bo'lishimiz, raqibimizni hurmat qilishimiz va uchchala o'yinda ham g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

- Umuman chempionatda g'alaba qozonish uchun asosiy favoritlar kimlar?

- Bosh favoritlarmi? Braziliya favorit, lekin Argentina, Ispaniya, Frantsiya kabi. Biz favorit ekanligimizni baralla aytishimiz va g'alaba qozonishni xohlayotganimizni ko'rsatishimiz kerak.

- Jahon chempionati oldidan qandaydir bosim his qilyapsizmi?

- Stress yo'q, aksincha boshlash, ishtirok etish istagi bor. Ushbu voqeani kutayotgan millionlab odamlar oldida maydonda nima qilishimiz mumkinligini ko'rsatish. Mana, men Frantsiya terma jamoasi safida bo'lishga loyiq ekanligimni isbotlab, mamlakat nomidan qatnashyapman.

- Frantsiyaning jahon chempionligini himoya qila olishiga ishonasizmi?

- Shubhasiz, hamma kabi, lekin o'zimga: «Men jahon chempionatida o'ynashni xohlayman va unda g'alaba qozonishim kerak», demayman. Men yolg'iz o'ynamayman, shuning uchun o'zimga ortiqcha bosim o'tkazishdan foyda yo'q.

- Jahon chempionati oldidan «Oltin to'p»ga sazovor bo'lganligingiz qo'shimcha motivatsiya beradimi?

- Bundan ham yaxshiroq. Bu men qilgan barcha ishlarni ko'rsatadi. Nima uchun sovringa loyiq ekanligimni isbotlashimga imkon beradi.

- Benzema, shubhasiz zamonamiz yoshlari uchun haqiqiy namuna bo'la oladigan etuk futbolchilardan biri...

- Men o'sha yoshlarning vakiliman va nafaqat tumanlardan. Shu bois yoshlarga o'rnak bo'ldim. Zizu (Zinedin Zidan) bilan namunali bo'lish va har safar maydonga chiqqanimizda faqat to'p haqida emas, balki atrofimizdagi hamma narsa haqida o'ylashimiz haqida gaplashamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

BestMaster
28 Noyabr 2022, 00:00
karim, benzema, «ozimga, ortiqcha, bosim, otkazishdan, foyda, yoq»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads