Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jahon chempionatida kuzatishingiz shart bo'lgan futbolchilar!

Jahon chempionati turli futbolchilarni, jumladan, yangi yulduzlarni ko'rish uchun yaxshi imkoniyatdir.

.
- Yuklab olish

Jahon chempionati turli futbolchilarni, jumladan, yangi yulduzlarni ko'rish uchun yaxshi imkoniyatdir. Ularning har biri uchun bunday turnir jiddiy sinov, shu bilan birga o'zini ko'rsatish imkoniyat. Yulduz maqomiga ega bo'lish ular bunga mos kelishi kerak. Keling, JCh-2022da kuzatishingiz kerak bo'lgan yosh yulduzlarni ko'rib chiqamiz.

Jud Bellingem ( Angliya, 19 yosh)


Bellingem o'tgan mavsumdan beri top-klublar bilan bog'lab kelishmoqda. Jahon chempionati, futbolchi uchun juda muhim turnir bo'ladi. "Borussiya" uchun bu futbolchini eng yuqori narxga sotish uchun yaxshi imkoniyat. Lekin buning uchun turnirda yaxshi harakat qilishi zarur. Va u turnirni ajoyib tarzda boshlay oldi. Eronga qarshi kechgan Angliyaning birinchi golini aynan Bellingem kiritdi.

Uilyam Saliba (Frantsiya, 21 yosh)

Saliba "Arsenal"ga o'tishi bilan asosiy tarkib futbolchisi bo'lib qolmadi. London klubiga o'tganidan ko'p o'tmay, u ijara asosida Frantsiyaga qaytdi. Uilyamga Mikel Arteta va Dide Deshamga yuqori darajadagi himoyachi ekanligini isbotlash uchun bir necha yil kerak bo'ldi. Saliba "Arsenal"da muhim o'yinchi, lekin u hali terma jamoada o'zini ko'rsatishi kerak. Jahon chempionati buning uchun ajoyib imkoniyat. Jahon chempionatidagi chiqish futbolchining ishonchini mustahkamlashi yoki aksincha sindirishi mumkin.

Vinisius (Braziliya, 22 yosh)

Vinisius "Real Madrid"da qiyin davrni boshdan kechirdi va hozirda "blankos"ning asosiy o'yinchilaridan biridir. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalidagi hal qiluvchi goldan so'ng bu maqomga ega bo'ldi. Ammo yosh vinger terma jamoada bosh rollarda bo'ladimi? Braziliya terma jamoasida raqobat “Real Madrid”nikidan ham yuqoriroqdir. Vinisius "qirollik klubi"ga qo'shilganidan beri o'z ustida ko'p ishladi. Jahon chempionati uning eng yaxshi fazilatlarini ko'rsatish uchun ajoyib turnirdir.

Gavi (Ispaniya, 18 yosh)

"Barselona" yarim himoyachilari Pedri va Gavi birin-ketin "Golden Boy" mukofotini olishdi. Ko'pchilik Gavini o'ta yuqori baholangan futbolchi deb biladi, garchi u bir necha bor jiddiy mutaxassislardan o'yinlari uchun yuqori baho olgan bo'lsa ham. Jahon chempionati futbolchi uchun tanqidchilar u haqida noto'g'ri fikrda ekanligini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Yarim himoyachida, albatta o'zini ko'rsatish imkoniyati bo'ladi. Luis Enrike yosh va iqtidorli ispanlarga ishonadi, ularni muhim o'yinlarda maydonga tushirishdan qo'rqmaydi.

Aurelien Tchuameni (Frantsiya, 22 yosh)

Kasemiro to'satdan "Manchester Yunayted"ga ketganidan so'ng, Tchuameni "Real Madrid"ga ko'nikish uchun vaqt kerak bo'lmadi. Karlo Anchelotti darhol yosh frantsuzni jangga uloqtirdi. U vahimaga tushmadi va mavsumning birinchi qismini yaxshi saviyada o'tkazdi. Aftidan, bonuslarni hisobga olmaganda 80 million evroning yuqori bahosi futbolchiga bosim o'tkazmayapti. "Qaymoqranglilar" o'tgan yozda futbolchi uchun bu summani "Monako"ga to'lagandi. Jahon chempionatida yarim himoyachi Ngolo Kante va Pol Pogba yo'qligini inobatga olgan holda o'zini yulduz sifatida ko'rsatish va terma jamoaga yordam berish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ladi.

Jamal Musiala (Germaniya, 19 yosh)

Musiala Myunxenda ham, butun Germaniyada ham yuqori baholanadi. Lotar Matteus "Bavariya"ga har qanday holatda ham futbolchini sotmaslikni maslahat berdi. Yosh bo'lishiga qaramay, yarim himoyachi allaqachon “Bavariya” tarkibida 100 ta o'yin o'tkazgan. Jamol Florian Virts va Karim Adeyemidan yuqori o'rinlarda. Bu yigitlar kelajakda “Bundestim”ning timsoliga aylanishi kerak. Musiala allaqachon yuqori saviyada o'ynashi kutilmoqda, shuning uchun jahon chempionati uning uchun jiddiy sinov bo'lishi mumkin.

Darvin Nunes (Urugvay, 23 yosh)

Urugvay terma jamoasi avlodlar almashinuvini boshdan kechirmoqda va Nunes bu jarayonning bir qismi. Urugvayliklarni, ayniqsa Darvinni tomosha qilish qiziq bo'ladi. Yosh hujumchi hali ham o'zi haqida ikki tomonlama taassurot qoldiradi. "Benfika"da u yorqin o'yin ko'rsatdi, ammo "Liverpul"da u hali ajoyib statistika ko'rsatgani yo'q. Ammo Yurgen Klopp futbolchiga ishonadi va u tez orada yangi klubiga to'liq moslashadi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o'yin hujumchini mavsumning ikkinchi qismida ruhlangan holda o'ynash imkonini beradi.

BestMaster
22 Noyabr 2022, 22:20
jahon, chempionatida, kuzatishingiz, shart, bolgan, futbolchilar!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads