Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"da 9-raqam muammosi paydo bo'ldi

Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiya sabab "Real" ishtirokidagi o'yinlarda qatnashmayotgandan beri jamoada gol uradigan futbolchilarni topish murakkab bo'lib qoldi. "Valensiya"ga qarshi o'yinda Karim Benzema foydalana olmagan imkoniyatlarni eslasak hozirning o'zida "davleniyamiz" ko'tarilib ketishi turgan gap. Nixoyat, ko'pchilik kutgan damlar yetib keldi va Karim Benzema jarohat oldi. Biroq endi uning o'rnini egallovchi Alvaro Morata yoki Mariano Diazlar yo'q. "Levante"ga qarshi kechgan baxsda esa Garet Beylning vaziyatdan foydalana olmagani yoki bo'lmasa liderlikni qo'lga ololmagani sabab ketma-ket ikkinchi marta ochkolardan mahrum bo'ldik. Hozirgi paytda Zinedin Zidan qo'l ostida yagona hujumchi Borxa Mayoral qolmoqda. Mayoral esa hozirda nomiga "Real" a'zosi sifatida qandaydir daqiqalar maydonda harakat qilmoqda.

Yozda klubdan ketgan futbolchilar Alvaro Morata va Marianolar haqiqiy 9-raqam egasi ekanliklarini isbotlab qo'yishdi - Zidan janoblariga.

Alvaro Morata - Angliya premyer ligasining ortda qolgan 4 ta turidan so'ng raqiblar darvozasiga 3 ta gol kiritishga muvoffaq bo'ldi va 2 ta golga assistentlik qildi. Hozirda APLda Moratadan faqatgina Romelu Lukaku ko'proq to'p kiritgan. O'tgan mavsum starti bilan solishtirsak Alvaro "Chelsi"da "Real"ga qaraganda 80 daqiqa ko'proq to'p surdi. Eslatib o'tamiz, Morata "Real" tarkibida ortda qolgan mavsumda 19 ta golga mualliflik qilgan edi.

Mariano - ushbu yozda 8 mln yevro evaziga "Lion" klubiga suv tekinga sotib yuborildi. O'tgan mavsumda asli Domenikanlik va ispan fuqoroligini qabul qilgan hujumchi "Real" tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol muallifiga aylangan edi. Hozirda Liga 1 da Mariano 6 turdan so'ng 5 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta golga muallif qilib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Hozirda Fransiyada undan ko'proq gollarni faqat Kavani va Falkao kiritgan. Diaz deyarli barcha uchrashuvlarda 90 daqiqa harakat qilib, 9-raqam libosini munosib himoya qilmoqda. Bir so'z bilan aytganda yozda "Lion"ni tark etgan Aleksandr Lyakazett o'rnini bilintirmayapdi. Hozirgi paytga kelib Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shaxsan o'zi bu futbolchini terma jamoaga chaqirishga hozirlik ko'rmoqda.

CHL 1-tur uchrashuvlariga o'z tahminingizni qoldiring

BestMaster
12 Sentabr 2017, 00:00
realda, 9-raqam, muammosi, paydo, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 bilol5055  
2ta yow kuchle va uyin amalyoti yitarle bumasada uz suzini ayta oladigan uyincilarni quyib yuboriw bu qupol busayam axmoqlik
12 Sentabr 2017, 16:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads