Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»: chempionlikka bir qadam qoldi

"Real" Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida qoldirilgan o'yinni o'tkazdi.

.
- Yuklab olish

"Real" Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida qoldirilgan o'yinni o'tkazdi. «Selta» mehmoni bo'lgan Zidan shogirdlari 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Shundan so'ng tashabbus vigoliklar tomoniga o'tdi. Keylor Navas bir nechta vaziyatda o'z jamoasini qutqardi.

Ikkinchi bo'lim esa hakamning qo'pol xatolari bilan yodda qoldi. Ramos o'z jarima maydonchasida Aspasni yiqitgani uchun penalti belgilash o'rniga referi hujumchiga ikkinchi sariq kartochkani berib, Yagoni maydondan chetlatdi.

Bungacha Ronaldu o'z hisobiga yana bitta gol yozishga ulgurgandi. "Selta" esa bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga qaramay, bitta javob to'pini kiritdi. Benzema esa oradan 1 daqiqa o'tib hisobni 1:3 ko'rinishga keltirdi. O'yin so'ngida Kroos hisob yirik bo'lishiga o'z hissasini qo'shdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 90taga etkazdi va jadvalda peshqadam bo'lib oldi. So'nggi turda "Malaga" bilan o'yinda durang ham "Madrid"ni chempionga aylantiradi.

Ispaniya La ligasi, 21-turning qoldirilgan o'yini
SEL'TA – REAL MADRID 1:4
17 may, 00.00, «Balaydos»
Gollar: 0:1 – 10 Ronaldu, 0:2 – 48 Ronaldu, 1:2 – 69 Gvidetti, 1:3 – 70 Benzema, 1:4 – 88 Kroos.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Ronkalya, Malo, Ernandes, Xosabed (Dias, 72), Sisto (Diop, 80), Vass, Gvidetti (Bovyu, 86), Aspas.
Real Madrid – Navas, Marselo, Ramos, Danilo, Varan, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 71), Isko (Vaskes, 84), Benzema, Ronaldu (Asensio, 84).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (30), Aspas (38), Kastro (64), Gvidetti (66), Malo (73), Ernandes (85), Ramos (85).
Chetlatish: Aspas (62).

BestMaster
18 May 2017, 02:10
«real», chempionlikka, qadam, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Jaahaa  
Real hudo hohlasa chempion boladi
18 May 2017, 02:13
BestMaster
 BestMaster (SV!) 
Bita to'siq qoldi.
18 May 2017, 02:17
ruziboy
 ruziboy  
Малага 3-1 Реал
18 May 2017, 07:51
 fanat_real  
Malagani muxlislari bormikin oramizda:D
18 May 2017, 08:00
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads