Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar: "Hali hamon "Real"da o'ynash mening orzum"

"Real" futbolchisi Eden Azar kelasi mavsumda o'zini ko'rsatishni istayotganini aytdi.

.
- Yuklab olish

"O'shanda hamma mening fikrimni to'g'ri tushundi, deb o'ylayman. Karim Benzema menga mikrofonni berganida nima deyishni bilmay qoldim. Bu gaplar miyamda tezda paydo bo'ldi.

"Real"ga o'tishim - faoliyatimning eng yuqori cho'qqisida amalga oshgandi. Dunyoning eng yaxshi klubiga yaxshi holatda etib kelgandim. Ammo barchasi o'ylagandek bo'lmadi. Jaxlim chiqdi va kayfiyatim tushib ketdi. SHaxsiy hayotimda ham ko'plab yomon holatlar bo'ldi. Biroq barchasi ham daxshatli darajada emasdi.

Ajoyib insonlar bilan ko'rishdim, top-futbolchilar bilan bir jamoadaman. SHartnomam yana ikki mavsum davom etadi. SHu sababli kelasi mavsumda hech bo'lmasa normal darajada o'yin ko'rsatishim kerak. Yozda o'zimning yuqori jismoniy holatimga qaytib olishga harakat qilaman. Meni oldinda mo'jizakor yillar kutib turganiga ishonaman. SHunchaki o'zimga ishonishim va tanamni o'zimga bo'ysundirishim kerak.

Murabbiy ham shartnomam yana 2 yil amal qilishini biladi. Dastlabki 3 yil yomon o'tdi. Biroq barchaga hali qanday futbolchiligimni ko'rsatishim kerak. "Real"da o'ynash hali hamon mening orzum. Oilam bu erda baxtli, endi muxlislarni ham xursand qilishim kerak", - dedi yarim himoyachi.

BestMaster
5 Iyun 2022, 18:00
hali, hamon, realda, oynash, mening, orzum,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads