Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mavsum kashfiyotlari TOP-10: "Real"ning yangi etakchisi, "Barsa"dagi vunderkind, CHempionlar Ligasi sensaciyasi va boshqalar

Bu futbolchilarning barchasi ushbu mavsum jiddiy o'sishga erishdi.

.
- Yuklab olish

"Championat.Asia" 2021/2022 yilgi mavsum yakunlari haqidagi materiallarni davom ettiradi. Bu safar mavsumda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan va mutaxassislar etiborini o'ziga qaratgan futbolchilar haqida gaplashamiz. Ro'yxatimizda top-klub o'yinchilari ham bor va endi kuchli jamoalar safiga qo'shilishi kutilayotganlar ham yo'q emas.

10. Darvin Nunes ("Benfika", 22 yosh)

Urugvaylik 2020 yil yozidan "Benfika" sharafini himoya qiladi, ammo bu mavsum chinakamiga keskin o'sishga erishdi. Bungacha Nunes hujumni yakunlashda ham, oxirgi pasni berishda ham yaxshi harakat qilgan bo'lsa (13+12 43 o'yin), endi bo'lsa Darvin — "Benfika"ning asosiy goleadori.

Nunes hisobida bu mavsum "burgutlar" safidagi 41 uchrashuvda 34ta gol va bor yo'g'i 4ta assist. Darvin gollarining oltitasini CHempionlar Ligasida urdi: "Barselona", "Bavariya", "Ayaks" va "Liverpul" darvozalari ishg'ol etildi. Urugvaylikning transfer narxi ham sezilarli ravishda o'sdi — Transfermarkt uni 40 million evroga baholamoqda. Darvin "MYU", PSJ, "CHelsi" va "Atletiko" kabi klublar etiborini o'ziga qaratgan. "Benfika" o'z futbolchilarini qanday sotishni yaxshi bilishini inobatga olsak, Nunes Portugaliyada uzoq qolib ketmasa kerak.

9. Luis Dias ("Liverpul", 25 yosh)

"Liverpul"ga ko'chib o'tgunga qadar, Dias ikki yarim yil "Portu" sharafini himoya qildi — top-klublarga o'tish uchun tramplin sifatida ko'riladigan yana bir jamoa.

Luis faoliyatini Angliyada qay tariqa boshlaganiga havas qilmay bo'lmaydi. Ha, kolumbiyalik har doim ham asosiy tarkibda tushmadi (24 o'yindan 16tasi), ammo u "mersisaydlar" o'yiniga kirishib keta oldi. "Liverpul" safidagi 25 o'yinda Dias 6 gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kim biladi deysiz, balki Luis keyingi mavsumda Yurgen Klopp jamoasining etakchisiga aylanar. SHu o'rinda, 2023 yil yozida "Liverpul"ni hujumdagi trio — Firmino, Saloh va Mane tark etishi mumkinligini unutmaslik zarur. Bu o'yinchilarning shartnomasi muddati yakunlanadi.

8. Emil Smit-Rou ("Arsenal", 21 yosh)

Smit-Rou o'tgan yiliyoq "Arsenal" asosiy tarkibiga kirgandi, biroq u hozir nafaqat umid berayotgan yosh o'yinchi, balki jamoa etakchilaridan biri desak, mubolag'a bo'lmaydi. Emil tajribaliroq va mashhur futbolchilar bilan raqobat qilishdan cho'chimadi. U muntazam asosiy tarkibdan o'rin olmadi, lekin zaxiradan tushib bo'lsa ham "kanonirlar"ga katta yordam berardi. Smit-Rou APLning 33 uchrashuvida maydonga tushdi (jamoadagi 5-ko'rsatkich) va 10ta gol urdi — faqat Bukayo Sakada ko'proq (11ta).

Emilning transfer narxi bir mavsumda 18dan 40 million evroga o'sdi. 2021 yil noyabrida u Angliya termasi safida Albaniyaga qarshi bahsda (5:0) debyut qildi. Smit-Rou milliy jamoasining ikkinchi o'yini San-Marino bilan o'yinda gol urdi va golli pas berdi (10:0). "Arsenal" yoshlar jamoasida endigina to'p tepishni boshlagan futbolchi uchun ajoyib natija.

7. Dushan Vlaxovich ("Yuventus", 22 yosh)

O'tgan yili "Fiorentina" safida o'zini yaxshi namoyon eta olgan Dushan Vlaxovichning ushbu ro'yxatda borligi bazilarni hayron qoldirishi mumkin. Ammo gap shundaki, Vlaxovich A Seriya o'tgan mavsumining haqiqiy kashfiyoti bo'ldi. Biroq serbiyalik forvard "Yuventus"ga o'tgandan so'ng, qobiliyatli ekanini isbotlay oldi. CHunki ko'p yoshlar top klublarga o'tganida shunchaki yo'q bo'lib qolishadi.

Dushan esa maqomi yuqori bo'lgan joyda o'zini yo'qotib qo'ymadi. U Alvaro Moratani asosiy tarkibdan chiqarib, o'zi turinliklarning haqiqiy kuchiga aylandi. 21 uchrashuvda 9ta gol urdi — ispaniyalik raqobatdoshi bu natijaga A Seriyaning 35 bahsida erishgandi. Serb ancha samaraliroq harakat qilmoqda. SHu sababli, kelasi mavsum uni kuzatish ancha qiziq bo'ladi.

6. Arno Danjuma ("Vilyarreal", 25 yosh)

Bir yil oldin Danjuma CHempionshipda "Bornmut" sharafini himoya qilardi, bu mavsum esa CHempionlar Ligasida sensaciya qildi — "Vilyarreal" bilan turnir yarim finaligacha chiqdi.

Arno "Atalanta", "MYU", "Yuventus" va "Bavariya"ga qarshi o'yinlarda samarali natijalar qayd etdi. CHempionlar Ligasining 11 bahsida maydonga tushgan, 6ta gol urgan va 1ta golli uzatma qayd etgan. Ispaniya chempionatida yaxshi o'ynadi — 23 bahsda 10+3 natija.

Bir yil ichida uning transfer narxi 15 dan 50 million evroga chiqdi. Arnoni ilk bor 2018 yili Niderlandiya termasi safiga chaqirishgan va u darhol gol urib, golli uzatma bergan (Gibraltar va Norvegiya bilan o'yinlar). Danjuma esa kamtarlik qilmay, o'zini ayni damda dunyodagi eng yaxshi vingerlardan biri deb hisoblaydi. PSJ, "MYU" va "Tottenxem" unga qiziqish bildirmoqda.

5. Jud Bellingem ("Borussiya" D, 18 yosh)

2021/2022 yilgi mavsumda Jud Bellingemni bekorga futbolning bo'lajak yulduzi deyishmayapti. Ingliz iyunda 19ga to'lishiga qaramay, "Borussiya" etakchilaridan biri hisoblanadi. Jud "arilar"ning barcha musobaqasidagi 44 uchrashuvida maydonga tushdi, 6ta gol urdi va 14ta samarali uzatma qayd etdi. Maydon markazi o'yinchisi uchun ajoyib ko'rsatkich. Bundan tashqari, Bellingem Angliya termasining 12 o'yinida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt malumotlariga qaraganda, Jud 18 yoshgacha bo'lganlar orasida eng qimmat futbolchi sanaladi. Uning transfer narxi 75 million evroni tashkil qilmoqda. Katta ehtimol bilan bu yakuniy narx emas.

4. Jonatan Devid ("Lill", 22 yosh)

Kanadalik o'tgan mavsum "Lill"ning muhim o'yinchisi bo'ldi va jamoasi chempion bo'lishida katta yordam berdi. Ammo bu yil Devid yangi darajaga chiqdi. Birinchidan, ko'proq gol urdi — 13taning o'rniga 19ta. Ikkinchidan, CHempionlar Ligasida o'zini sinab ko'rdi va u erda hisobiga 3ta gol yozdirib qo'ydi. Uning harakatlari bilan "Lill" ECHL pley-off bosqichiga chiqqan edi.

Ammo eng muhim jihat, Jonatan boshchiligidagi Kanada termasi JCH-2022ga yo'l oldi. Kanadaliklar oxirgi marta mundialga 36 yil avval, 1986 yilda chiqishgandi. Devid KONKAKAF saralash bosqichida eng foydali o'yinchi bo'ldi — saralashning 18 bahsida 9+7 qayd etdi.

3. Gavi ("Barselona", 17 yosh)

Xavi "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgunga qadar, katalonlarning xursandchilik qilish uchun deyarli hech qanday sabablari yo'q edi — klub uchun og'ir vaziyatda Gavi o'zini namoyon qila oldi.

U avgustda 18ga to'ladi, biroq o'z nomini baralla tanita oldi. Uning o'ziga xos tomoni — universalligidir. To'g'ri, Gavi maydon markazida yaxshiroq harakat qiladi, lekin zarur vaqtda "o'nlik" poziciyasi yoki qanotda ham o'ynay oladi. Yosh ispaniyalik La Liga 34 o'yinida 2ta gol urdi va 6ta samarali harakatni amalga oshirdi.

Gavining iqtidori hammaga ayon. Uni Inesta bilan taqqoslashmoqda. Luis Enrike esa unga ishonadi va Ispaniya milliy termasiga chaqirmoqda. Gavi yaqin kunlarda "Barsa" bilan yangi shartnoma imzolashi kerak. Mish-mishlarga qaraganda, tovon puli milliard evro (!) bo'ladi.

2. Fil Foden ("Manchester Siti", 21 yosh)

Foden o'tgan mavsum ham yaxshi o'ynagan, ammo bu yil "Siti" safida yana ham yaxshiroq harakatlandi va jamoa o'yiniga katta tasir ko'rsatdi.

Xosep Gvardiola mavsum davomida Fodenni boshqa poziciyada harakatlantirdi — hujum markazida (45 uchrashuvdan 19tasida). Fil yaxshi natijalar ko'rsatdi va 14ta gol urib, 11ta samarali assist qayd etdi. Aynan shu tufayli, Foden ikkinchi yil ketma-ket APL mavsumining eng yaxshi yosh o'yinchisi sovriniga ega chiqdi.

Transfermarkt Filni 90 million evroga baholamoqda. 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida faqatgina Erling Xoland (150) hamda Vinisius Junior qimmatroq.

1. Vinisius Junior ("Real", 21 yosh)

Vinisius — 2021/2022-yilgi mavsum kashfiyoti. Bir yil ichida uning transfer narxi 40 milliondan 100 million evrogacha ko'tarildi!

Albatta, hozirda "Real"ning asosiy yulduzi Karim Benzema. Biroq Vinisius bu mavsum yuqori sermahsullik ko'rsata oldi: 52 o'yinda u 22ta gol urdi va 20ta golli uzatma berdi. Kuni-kecha bo'lib o'tgan ECHL final uchrashuvida ham yagona bo'lgan golni aynan Vinisius o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Kim biladi deysiz, balki bu faoliyatida birinchi ECHL kubogini qo'lga kiritgan Vinni uchun mavsumdagi eng muhim goldir?! O'tgan mavsum bilan solishtirish uchun uning ko'rsatkichi 49 uchrashuvda 6+7 edi. 

Karlo Anchelottining aytishicha Vinisius endilikda "qirollik klubi" talablarini to'liq tushunib, shunga yarasha harakat qilmoqda. "Vini chindan ham iqtidorli futbolchi. U "Real"ga juda yoshligida kelgan va bugungi darajasiga chiqishi uchun vaqt kerak bo'ldi", — degan edi Anchelotti.

Keyingi mavsum Vinisius uchun balki eng muhimi bo'lar... Benzema 34 yoshda va Junior "Real"ning chinakam etakchisiga aylanishga tayyormi yoki yo'q?!

Nikolay Egorichev

BestMaster
30 May 2022, 18:45
mavsum, kashfiyotlari, top-10, realning, yangi, etakchisi, barsadagi, vunderkind, chempionlar, ligasi, sensaciyasi, boshqalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads