Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Gari Nevill "Real"ga qarshi final oldidan "Liverpul"ning kuchsiz chizig'i haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill hozirgi "Liverpul"ning qaysi chizig'i eng kuchsiz ekanligi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Liverpul" CHempionlar Ligasini yutadi deb o'ylamayman. Men Parijdagi final haqida, "Real" va bu jamoa o'yinlarini nimaning hisobiga yutayotgani, aqlbovar qilmas "kambek"lari haqida ko'p o'yladim. 

Aynan shu vaqtda 1999 yil va o'sha "MYU"ning "kambek"lari va oxirgi daqiqalarda g'alabani ilib ketishlarini esladim. Gap bizning yarim himoyamizda edi: Kin, Batt, Skoulz, Giggz va Bekxem. Ularning barchasi zo'r darajada va fenomenal o'yin ko'rsatardi. 

Men "Real"ning yarim himoyasiga qararkanman: Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde va Kamavinga — bu besh futbolchi "Real"ni birinchi daqiqadan to oxirigacha olg'a boshlamoqda. 

O'ylashimcha, "Liverpul" yarim himoyasi — ularning kuchsiz liniyasi va so'nggi 15 daqiqada o'sha besh xavbek "Real"ga g'alaba keltiradi.

BestMaster
28 May 2022, 18:30
nevill, realga, qarshi, final, oldidan, liverpulning, kuchsiz, chizigi, haqida, gapirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads