Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich Mbappe haqida: "Klub har qaysi futbolchidan ustun. Oldinda ECHL finali va bu hozir eng muhimi"

Luka Modrich Kilian Mbappening PSJ qolish borasidagi qaroriga munosabat bildirdi.

.
- Yuklab olish

– Mbappe haqida so'rashga majburmiz– Menimcha, bu mavzuda gaplashishimizning hojati yo'q. Hozirda bitta muhim mavzu bor – CHempionlar Ligasi finali. Bu haqida unutish va boshqa eslamaslik kerak, bo'ldi.

– Siz xafa bo'ldingizmi?– Yo'q.

– Yo'q?– Yo'q, chunki biz batafsil xabardor emasdik. SHaxsan men bu masala bo'yicha aynan nimanidir kutmagandim. Bu haqida butun yil davomida ko'p gapirishdi, ammo biz aniq biror nima bilmasdik. Oldinda bizni ECHL finali kutib turibdi va hozir shu eng muhimi.

"Real" cho'qqida qolaveradi, klub har qaysi futbolchidan muhimroq, u kim bo'lishining farqi yo'q. Bu borada uzoq gapirishning keragi yo'q. 

O'ylashimcha jamoamizda zo'r futbolchilar to'plangan. Ular ajoyib mavsum o'tkazishdi va qator futbolchilar yanada o'sishga erishishlari mumkin. Kelajakda ular buyuk futbolchilar bo'lishlari mumkin.

– Siz shartnomangizni uzaytirib bo'ldingizmi?– Yo'q.

– Qachon?– Umid qilamanki, yaqinda.

– Kelishuvga erishilganmi?– Yo'q, hozircha klub bilan bazi detallar borasida gaplashyapmiz. Har ikki tomon ham pozitiv ruhda ertangi kunga qaramoqda.

– Faqat Mbappe qilgan ishni takrorlamang!– Albatta, unday qilmayman. Umid qilamanki, klub ham menga nisbatan unday munosabatda bo'lmaydi. Xazil, albatta. Klub va mening munosabatim ajoyib, qandaydir muammo kelib chiqadi deb o'ylamayman, – dedi yarim himoyachi.

BestMaster
25 May 2022, 16:30
modrich, mbappe, haqida, klub, qaysi, futbolchidan, ustun, oldinda, echl, finali, hozir, muhimi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads