Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

PSJ Mbappeni saqlab qolish uchun urinishlarni to'xtatdi

PSJ Kilian Mbappe uchun "Real"ga qarshi kurashda mag'lubiyatga uchraganini tan oldi.

.
- Yuklab olish

ESPN nashrining o'z manbalariga tayanib xabar berishicha, PSJ 23 yoshli hujumchini klubda olib qolishga urinishlarini to'xtatgan. Parijliklar Mbappening tez orada "Real"ga o'tishini elon qiladi.

Madrid klubi hali Kilianning advokati bilan bazi tafsilotlarni hal qilmagan, ammo hujumchining "Real Madrid"ga erkin agent sifatida o'tishiga hech narsa to'sqinlik qila olmaydi.

O'tgan haftada ham PSJ Mbappeni jamoada qolishga ko'ndirishiga ishonchi komil edi va uni ko'ndirish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qildi. Kilianga katta shartnoma va imidj huquqidan 100% daromad taklif qilishdi, shuningdek, ular tarkibni kuchaytirishga va unga sardorlik bog'ichini berishga vada berishdi.

Mbappe uchun pul hech qachon hal qiluvchi omil bo'lmagan. U har doim "Real Madrid"da bo'lishni xohlagan va bu orzusi amalga oshadi deb o'ylamoqda.

23 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 44 o'yinda 36 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi shu yilning iyun oyigacha amal qiladi.

BestMaster
17 May 2022, 20:15
mbappeni, saqlab, qolish, uchun, urinishlarni, toxtatdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads