Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" o'tgan haftada Mbappening o'tishi borasida bitimni yopgan (to'liq tafsilotlar)

"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi borasidagi bitimni yopdi.

.
- Yuklab olish

Marca'ning yozishicha, Madrid klubi va hujumchi o'tgan haftada o'tish borasida yakuniy kelishuvga erishishgan.

Qayd etish kerakki, "Real" butun mavsum davomida ishonchli odamlar orqali Mbappeni klubga o'tishga ko'ndirgan, bundan tashqari ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa bo'lmagan - Kilian 1 yanvardan boshlab "Real" va boshqa har qanday klub bilan muloqot qilish huquqiga ega bo'lgan bo'lsa ham bundan saqlangan.

Mbappe dushanba va seshanba kunlari Madridda bo'lganida, "Real" bosh direktori Xose Anxel Sanches oldin rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qildi. Xususan, boshqa futbolchilarning agentlari Sanches bilan uchrashuv ko'chirilishi haqida ogohlantirildi. "Real" bosh direktori bu vaqtni Mbappe bilan hammasini batamom kelishishga sarfladi.

"Real" Mbappening o'zi o'tish haqida elon qilmaguncha, bu haqda xabar bermaydi.

Mbappe ispan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning "Real"dagi maoshi PSJ taklif qilganidan ancha past bo'ladi. Xabar qilinishicha, Mbappe soliqlar olinganidan so'ng yiliga 25 mln evro maosh oladi.

Kecha Mbappe o'z qarorini 28 may kuni boshlanadigan Franciya terma jamoasi yig'inigacha elon qilishini malum qilgandi.

23 yoshli hujumchi joriy mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 21ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi joriy yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

BestMaster
16 May 2022, 16:30
otgan, haftada, mbappening, otishi, borasida, bitimni, yopgan, toliq, tafsilotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads