Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" – "Levante" 3:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya La Ligasi 36-turidan o'rin olgan o'yinda "Real Madrid" - "Levante" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

42-daqiqa. Uxx! Fede Valverdening kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

40-daqiqa. Modrich to'pni yo'qotishi oqibatida "Levante" qarshi hujum uchun imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin undan unumli foydalana olishmadi va ish zarbagacha ham etib bormadi.  

Oxirgi ikki vaziyat... Avvaliga Luka Modrich Vinni ishlagan jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, qaytgan to'pni jarima maydonchasi chizig'i oldida turgan Valverde yana darvoza tomonga yo'lladi. Kiper katta qiyinchilik va qisman omad evaziga bu safar to'pni to'rdan olib chiqmadi. 

37-daqiqa. O'yin taxminan 10-daqiqadan buyog'iga deyarli bir xil ketmoqda. Mezbonlar raqib bilan emas buyog'iga o'zaro kim ko'proq gol urish uchun harakat qilmoqda.   

34-daqiqa. GOOOOL! Modrichdan yana bir assist. Rodrigo ham ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

33-daqiqa. To'p burchakdan o'yinga kiritiladi. Bungacha Pepelu hujumga kelgan Nachoni ranjitdi va uzr so'radi.  

"Real" o'tgan vaqt davomida shu qadar oson o'yin o'tkazyaptiki, oxirgi daqiqalarga kelib mashg'ulotdagi ishlanmalarni takrorlab ko'rishmoqda.

32-daqiqa. Yoshlar etmagandek, Luka Modrich tezda ortga qaytib, raqibdan to'pni ilib ketmoqda. 

30-daqiqa. GOOOL! Ammo Rodrigoning goli offsayd tufayli inobatga olinmadi. 

Uchrashuvdagi barcha gollarning videosini telegram orqali tomosha qilishingiz mumkin.

28-daqiqa. "Levante" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkindek edi. Biroq yo oxirgi uzatma, yoki oxirgi zarba etishmadi mehmonlarga.

26-daqiqa. Karim Benzema yana zarba berdi, biroz noaniq.

22-daqiqa. Endi Vinisiusda yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin bu safar Kardenas seyv ijro etdi va to'p darvozasiga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. 

19-daqiqa. GOOOOOL! Bu mavsum ko'p ko'rganimiz — Vinisiusdan uzatma va Karim to'pni darvoza to'riga yo'lladi.  

19-daqiqa. Bu safar Vinsiusdan to'pni qabul qilgan Mendi darvozaga yaqinlashib keldi va zarba berdi, lekin darvozabon bu safar jamoasini qutqardi.  

18-daqiqa. To'p bilan yana "Real".... 

16-daqiqa. Uxx! Fede Valverde ketma-ket ikki marta gol urishi mumkin bo'ldi. Biroq har ikki safar omad undan yuz o'girdi va hisob o'zgarmay qolmoqda. 

13-daqiqa. GOOOOL! Luka Modrich kutilmaganda hujum markazida, himoyachilar etiboridan chetda qolib ketgan Ferlan Mendini ko'rdi, franciyalik himoyachi to'pni o'ziga o'nglab, biroz o'ylab oldida o'zi uni darvoza to'riga yo'llab qo'ya qoldi.  

12-daqiqa. Himoyachi Son Karim Benzemaning jarima maydonchasi ichida yiqilishiga sababchi bo'lib qoldi. Biroq bu penalti emas, deb hisobladi hakam.  

11-daqiqa. Uzatmadan keyin Valverde qaytargan to'p mehmonlar vakilining qo'liga tegib ketdi. 

9-daqiqa. Valexo yarim himoyachilarning xatosini to'g'rilayman deb raqibga nisbatan ancha keskin tashlandi. Jarima zarbsini yana usha Pepelu amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi. 

8-daqiqa. Pepelu ("Levante") o'yindagi birinchi burchak zarbasini chap qanotdan amalga oshirib berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.  

7-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. 

6-daqiqa. Kurutua ishonchli o'ynadi.  

4-daqiqa. "Levante" to'pni nazorat qilishga urinmoqda.  

3-daqiqa. Benzema zarba berdi, posbon o'z o'rnida.  

2-daqiqa. Xorxe Miramon Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi deb topildi. 

O'zining birinchi hujumidayoq "Levante" hisobni ochishi mumkin edi. Xose Luis Morales qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sherigiga uzatmay, o'zi zarba uchun imkon izlashga tushib ketdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

"Real Madrid" – "Levante"

13 may, 00.30, "Santyago Bernabeu"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Valexo, Mendi, Modrich, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

"Levante" – Kardenas, Son, Rober, Kaseres, Postigo, Miramon, Radoya, Pepelu, Melero, Morales, Gomes.

Real Madrid

Ferland Mendy - 13', Karim Benzema - 19', Rodrygo - 34'

LaLiga . 36-tur

13/05/2022, 00:30

0 : 3 1-bo'lim

Levante

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Adrian Cordero

45' 90' 13'  Ferland
BestMaster
13 May 2022, 01:15
live , liga, real, madrid, levante, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads