Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" – "Levante" 2:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya La Ligasi 36-turidan o'rin olgan o'yinda "Real Madrid" - "Levante" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

28-daqiqa. "Levante" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkindek edi. Biroq yo oxirgi uzatma, yoki oxirgi zarba etishmadi mehmonlarga.

26-daqiqa. Karim Benzema yana zarba berdi, biroz noaniq.

22-daqiqa. Endi Vinisiusda yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin bu safar Kardenas seyv ijro etdi va to'p darvozasiga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. 

19-daqiqa. GOOOOOL! Bu mavsum ko'p ko'rganimiz — Vinisiusdan uzatma va Karim to'pni darvoza to'riga yo'lladi.  

19-daqiqa. Bu safar Vinsiusdan to'pni qabul qilgan Mendi darvozaga yaqinlashib keldi va zarba berdi, lekin darvozabon bu safar jamoasini qutqardi.  

18-daqiqa. To'p bilan yana "Real".... 

16-daqiqa. Uxx! Fede Valverde ketma-ket ikki marta gol urishi mumkin bo'ldi. Biroq har ikki safar omad undan yuz o'girdi va hisob o'zgarmay qolmoqda. 

13-daqiqa. GOOOOL! Luka Modrich kutilmaganda hujum markazida, himoyachilar etiboridan chetda qolib ketgan Ferlan Mendini ko'rdi, franciyalik himoyachi to'pni o'ziga o'nglab, biroz o'ylab oldida o'zi uni darvoza to'riga yo'llab qo'ya qoldi.  

12-daqiqa. Himoyachi Son Karim Benzemaning jarima maydonchasi ichida yiqilishiga sababchi bo'lib qoldi. Biroq bu penalti emas, deb hisobladi hakam.  

11-daqiqa. Uzatmadan keyin Valverde qaytargan to'p mehmonlar vakilining qo'liga tegib ketdi. 

9-daqiqa. Valexo yarim himoyachilarning xatosini to'g'rilayman deb raqibga nisbatan ancha keskin tashlandi. Jarima zarbsini yana usha Pepelu amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi. 

8-daqiqa. Pepelu ("Levante") o'yindagi birinchi burchak zarbasini chap qanotdan amalga oshirib berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.  

7-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. 

6-daqiqa. Kurutua ishonchli o'ynadi.  

4-daqiqa. "Levante" to'pni nazorat qilishga urinmoqda.  

3-daqiqa. Benzema zarba berdi, posbon o'z o'rnida.  

2-daqiqa. Xorxe Miramon Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi deb topildi. 

O'zining birinchi hujumidayoq "Levante" hisobni ochishi mumkin edi. Xose Luis Morales qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sherigiga uzatmay, o'zi zarba uchun imkon izlashga tushib ketdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

"Real Madrid" – "Levante"

13 may, 00.30, "Santyago Bernabeu"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Valexo, Mendi, Modrich, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

"Levante" – Kardenas, Son, Rober, Kaseres, Postigo, Miramon, Radoya, Pepelu, Melero, Morales, Gomes.

Real Madrid

Ferland Mendy - 13', Karim Benzema - 19'

LaLiga . 36-tur

13/05/2022, 00:30

0 : 2 1-bo'lim

Levante

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Adrian Cordero

45' 90' 13'  Ferland Mendy13'  Luka Modric19'  Karim Benzema19'  Vinicius Junior Match-senterda ochish

BestMaster
13 May 2022, 01:00
live , liga, real, madrid, levante, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads