Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Atletiko" - "Real" 1:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan Madrid derbisi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

40-daqiqa. Zarba, GOOOOOL! Yannik Karrasko darvozabonni aldadi va hisobni ochdi.  

Lunin Karraskoga qarshi!

38-daqiqa. "VAR"ni ko'rgach, hakam nuqtaga ishora qildi.   

36-daqiqa. Valexo va Kunya kurashidan keyin "Atletiko" vakili yiqilib, penalti so'ramoqda.   

Toni Kroos Markos Lorente tomonidan yiqitildi. 

29-daqiqa. "Atletiko" bu standartdan ham samara chiqara olmadi.  

28-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Lukas Vaskesga sariq. Qanotda u aldangach, Karraskoni ochiqchasiga qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.  

25-daqiqa. "Real" anchada bir hujumga o'tgandi, lekin Lukas Vaskes hech bo'lmasa burchak zarbasi ham ishlolmadi.  

23-daqiqa. Kamavinga to'pni o'zidan biroz qochirib yubordi va uni takroran egallab olish uchun harakatida sal qolcha, Korreani tepib, yiqitib yuborishi mumkin edi.  

20-daqiqa. Ogohlantirish! To'pni ham tepgan bo'lsada, raqib oyog'ini yaxshigina bosib olgani uchun Luka Yovichga sariq kartochka ko'rsatildi.   

17-daqiqa. Standart vaziyat. Uzatmadan keyin himoyaga yordam qaytgan Luka Yovich to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

14-daqiqa. "Real" vakillari to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi, bu narsa tribunalardagi aksar muxlislarga yoqmayapti. 

11-daqiqa. Ilk daqiqalarda "Atletiko" futbolchilari faolroq. 

8-daqiqa. Yannik Karraskoda zo'r imkoniyat bo'ldi, jarima maydoniga yorib kirgan futbolchining zarbasiga aniqlik etishmadi.  

7-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini "Atletiko" amalga oshirdi. Uzatmadan keyin "Real" himoyachilari osonlik bilan to'pni uzoqlashtirdi. 

5-daqiqa. Stefan Savich to'p bilan kelayotgan Nachoni "iliq kutib oldi" va tizzasiga zarba berdi. 

4-daqiqa. Korreada ajoyib imkoniyat, Lunin jamoasiga yordam berolmasdi, lekin zarba noaniq. 

2-daqiqa. Andrey Lunin joyini tark etib, to'pni uzoqlashtirdi, to'p "Atletiko" vakiliga borib tushdi, lekin mezbonlar vakili mo'ljalni aniq nishonga ola bilmadi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. Qizig'i, Mariano Dias asosiy tarkibda o'yinni boshlashi elon qilingan bo'lsada, u yo'q, uning o'rnini Luka Yovich egalladi. 

"Atletiko" - "Real"

Atletiko – Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes, Reynildu, Lorente, Karrasko, Koke, Kondogbia, Korrea, Mateus Kunya.

Real Madrid – Lunin, Valexo, Militao, Nacho, Kroos, Kazemiro, Kamavinga, Vaskes, Mariano Dias, Asensio, Rodrigo.

Atletico Madrid

Yannick Carrasco - 40'

LaLiga . 35-tur

09/05/2022, 00:00

0 : 1 1-bo'lim

Real Madrid

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano

Bosh hakam: Cesar Soto

BestMaster
9 May 2022, 00:45
liga, atletiko, real, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads