Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Ronalduning yo'qligi bahona bo'la olmaydi»

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Levante"ni qabul qildi va durang o'ynadi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Levante"ni qabul qildi va durang o'ynadi. Uchrashuvda so'ng madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Natijadan qoniqish hosil qilmadim. Endi birinchi o'rindan 4 ochko ortda qolyapmiz va xavotir olishga arzigulik narsamiz bor.

"Real" o'yin paytida to'g'ri qaror chiqarishni bilishi kerak. "Levante"ga qarshi o'yinda biroz omad etishmadi. O'yinning boshlang'ich qismi hamisha muhim ahamiyatga ega. Bugun esa uchrashuvning debyut qismi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Bugun bizga qarshi zich va chuqur himoyalangan jamoa qarshi o'ynadi. Bunday jamoalarga qarshi o'yinda odatdagidan yaxshiroq o'ynash kerak. Birinchi bo'lib gol urishimiz kerak edi, ammo hisobni "Levante" ochdi. Hammadan ko'ra shu narsa meni xavotirga soladi.

Ushbu durang tufayli o'zimizni yo'qotib qo'yishimiz kerak emas. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Jamoaning muammosi jismoniy holat bilan bog'liq emas. Asosiy muammo — raqib darvozasiga yo'l topa olmadik.

Tarkibdagi rotatsiya? Bitta muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin bundan voz kechmayman. O'zim to'g'ri deb bilgan uslubda ishlashda davom etaman.

Ronalduning yo'qligi va Benzemaning jarohati bahona bo'la olmaydi. Ixtiyorimizda mavjud futbolchilar bilan oldimizga qo'yilgan vazifalarni hal qilishimiz kerak", – dedi Zidan.

BestMaster
9 Sentabr 2017, 20:20
zidan, «ronalduning, yoqligi, bahona, bola, olmaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads