Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga, 3-tur. «Real» yana ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Levante"ni qabul qildi hamda, kutilmaganda, muhim ochkolardan mahrum bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Levante"ni qabul qildi hamda, kutilmaganda, muhim ochkolardan mahrum bo'ldi.

Bir qator muammolar va musobaqalar strategiyasidan kelib chiqib Zidan bu o'yinda katta rotatsiyaga qo'l urdi. "Madrid"ning boshlang'ich tarkibidan Navas, Varan, Kazemiro, Modrich, Isko, Ronaldu kabi futbolchilar o'rin olmadi. Yangilar esa u qadar ishonchni oqlamadi.

O'yinning 12-daqiqasida "Levante" hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ivan Lopes autdan to'pni "Real" jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Ivi Lopes esa darvozabon maydonchasida to'pni qabul qilib, so'ngra raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun 24-25 daqiqa sarflashga majbur bo'lishdi. Burchakdan etkazilgan uzatmagan Ramos bosh bilan zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi, ammo qaytgan to'pni Luskas Vaskes bo'sh darvozaga joylab qo'ydi — 1:1.

Mana shu holatni inobatga olmaganda mezbonlar posboni Raul Fernandes "Real"ning anchagina xavfli zarbalarini qaytarib turdi. Birinchi bo'lim so'ngida olis masofadan etkazilgan uzatma natijasida Beyl birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Raul ajoyib seyv bilan xavfni bartaraf etdi. Shuningdek, o'yin oxirida "Levante" darvozaboni Asensio va Marselo tomonidan berilgan zarbalarni qaytargan bo'lsa, Beyl zarbasidan keyin to'p ustun yonidan, Iskoning zarbasidan keyin to'p ustunning o'ziga tegdi.

Shu tariqa, "Real" Ispaniya chempionatida ketma-ket ikkinchi o'yinda durang o'ynamoqda. Ushbu mavsumda Zidanning rotatsiyalari ish bermayapti negadir. Madridliklar 3ta turdan keyin 5 ochkoga ega bo'lib turishibdi. E'tiborli tomoni, "Levante" ham 5 ochkoga ega.

Ispaniya La ligasi, 3-tur.
"REAL" - "LEVANTE" 1:1 (1:1)
9 sentyabr, 16.00, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 0:1 – 12 Ivi Lopes, 1:1 – 36 Vaskes.
Real Madrid – Kasilya, Ramos, Nacho, Marselo, Teo, Lorente (Isko, 62), Kroos, Asensio, Vaskes (Kovachich, 72), Karvaxal, Benzema (Beyl, 28).
Levante – Fernandes, Rodriges, Postigo, Tono, Rober, Kampanya, Lerma, Djeyson, Ivan Lopes (Pedro Lopes, 20), Alegriya (Boateng, 55), Ivi Lopes (Samu, 68).
Ogohlantirishlar: Lerma (45), Alegriya (47), Ramos (54), Boateng (60), Karvaxal (66).
Chetlatish: Marselo (89).

BestMaster
9 Sentabr 2017, 18:10
liga, 3-tur, «real», yana, ochko, yoqotdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads