Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Osasuna" - "Real" 1:2 (Matnli translyaciya)

La Liganing 33-turidan o'rin olgan "Osasuna" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

Ushbu o'yin va umuman La Liga haqida qiziqarli malumotlar, futbolchi va murabbiylarning fikrlari, muhim o'yinlarga prevyular, foto hamda videomateriallarni telegram orqali kuzatib borishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'lishni tavsiya qilamiz.  

Bo'ldi, hakam shu pallada bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

45+1-daqiqa. David Alabaga tibbiy yordam ko'rsatishlari zarur. Futbolchi jamoadoshlari yordami bilangina o'rnida tura oldi.  

45-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio yana "Real"ni oldinga olib chiqmoqda. Gol uchun mehmonlar Kamavingaga alohida rahmat aytib qo'yishlari zarur. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Ochiqchasiga fol ishlatgani uchun Darko Brashanacga kartochka ko'rsatildi.   

43-daqiqa. Dani Sebalosning zarbasi yana himoyachiga tegdi.   

42-daqiqa. To'pni yo'qotgani hamonoq pressingga kirishgan "Real" to'pni darhol olib qo'ydi. 

39-daqiqa. David Alaba uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, kiper o'z o'rnida. 

37-daqiqa. Kutilmaganda markaziy zonada paydo bo'lgan Asensio o'ng oyoqda zarba yo'lladi, lekin noaniq.  

35-daqiqa. Valverde jamoadoshi bilan "devor" uslubida o'ynab, zarba yo'lladi, lekin himoyachining oyog'iga tekkan to'pni darvozabon osonlik bilan egallab oldi.  

33-daqiqa. Bugun Vinisius emas Rodrigo chap qanotga tushgan va hozircha u ancha faol. 

32-daqiqa. GOOOOOOL! Biroq Ante Budimirning allambalo goli offsayd sabab inobatga olinmadi.  

31-daqiqa. "Real"ning hujumi uzoq davom etdi, ammo mehmonlar niyatiga eta olmadi. Anchadan buyon endi hujumga etib kelgan "Osasuna" bitta kelganda uch bor zarba berdi, lekin har safar to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. Burchak zarbasi.  

27-daqiqa. CHimi Avila jarima maydonchasiga kirmay zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

25-daqiqa. Rodrigoning ajoyib harakatlaridan keyin Benzemada yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo Karim cho'zib yubordi va oqibatda to'p yo'qotildi.

23-daqiqa. "Real" yana barchasini boshidan boshlayotgandek harakat qilmoqda. Xuddiki o'yin endi boshlandi. 

21-daqiqa. CHimi Aviladan ajoyib harakatlar, biroq u uzatgan to'pga sheriklari etib bora olishmadi. 

"Osasuna" hech ham tortinmayapti va imkon bo'ldi deguncha oldinga o'tmoqda.

14-daqiqa. GOOOOOLL! Bu tomonni golini yozib bo'ldik hamki, Ante Budimir muvozanatni tiklab qo'ymoqda!

12-daqiqa. GOOOOOOL! David Alaba ikkinchi urinishda to'pni darvozaga joylab qo'ydi! Karim Benzemadan assist! 

7-daqiqa. Rodrigo uzoq masofadan zarba berdi, posbon Serxio Erreradan seyv.

6-daqiqa. "Osasuna"ning yana bir hujumi yakuniga etmay qoldi.  

5-daqiqa. Ogohlantirish! Kamavinga markazga yaqin hududda qoidani buzdi deb topildi va hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.

3-daqiqa. "Osasuna" bugun raqibga oson bo'lmasligini ko'rsatib qo'ymoqda.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

Har ikki klub asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. O'yin boshlanishiga barchasi tayyor.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Osasuna" – "Real Madrid"21 aprel, 00.30, "El-Sadar"

"Osasuna" – Errera, Vidal, Aridane, David Garsiya, Xose Anxel, Brashanac, Martines, Monkayola, Ruben Garsiya, CHimi Avila, Budimir.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Sebalos, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema, Asensio, Rodrigo.

Osasuna

Ante Budimir - 13'

LaLiga . 33-tur

21/04/2022, 00:30

2 : 1 Tanaffus

Real Madrid

David Alaba - 12', Marco Asensio - 45'

Stadion: Estadio El Sadar

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 13'  Ante Budimir44'  Darko Brasanac5'  Eduardo Camavinga12'  David Alaba45'  Marco Asensio Match-senterda ochish

BestMaster
21 Aprel 2022, 01:30
live , liga, osasuna, real, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads