Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yozda "Real" libosini kiyishi kutilayotgan futbolchilar

"Real Madrid" klubi 2022 yilning yozida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

.
- Yuklab olish

Florentino Peres katta transferlarni amalga oshirishga shaylangan. Quyida "qirollik klubi" ko'zlagan "o'ljalar" borasida so'z yuritamiz. 

Kiran Tirni ("Arsenal")

"Seltik”dan "Arsenal"ga o'tganidan so'ng u tezda jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. "To'pchilar" himoyasida ishonchli o'ynilari orqali ko'plab kuchli klublar nazariga tushdi. Jumladan, "Real" ham yozda uni o'z tarkibiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Madridliklar himoyada yuzaga kelayotgan muammolarni Tirni orqali berkitishmoqchi. 

SHotlandiyalik futbolchi Evropa CHempionlar ligasida o'ynash borasida tajribaga ega bo'lmasa-da, allaqachon dunyoning eng tezkor ligasi bo'lmish APLda o'zini namoyon etishga ulgurdi. 

Pau Torres ("Vilyarreal")

O'tgan yozda Torresga APLning ko'plab etakchi jamoalari tomonidan jiddiy takliflar kelib tushgandi. "Tottenxem" Pauni sotib olish bo'yicha jiddiy taklif bilan chiqdi. Diqqat qiling, 60 mln evro(!). Biroq Torres "Vilyarreal" bilan CHempionlar Ligasida o'ynash istagini bildirib, "sariq suvosti kemasi"da qolgandi. Endilikda "Real" himoyadagi ishonchli o'yinlaridan kelib chiqib, uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. 

Antonio Ryudiger ("CHelsi")

Antonio Ryudiger "CHelsi" bilan yangi shartnoma imzolashdan voz kechgan va yozda "Stemford Brij"dan ketishi mumkin.

Kristensen va Ryudigerning shartnomalari 2022 yilda tugaydi. Kristensen "Barselona"ga o'tishga tayyor.

Madridliklar erkin agent sifatida kelayotgan Ryudigerni dunyodagi eng yaxshi maosh oluvchi himoyachilardan biriga aylantirishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor. O'z navbatida, germaniyalik futbolchi ham yuqori maosh taklif qiladigan jamoalardan birida to'p tepmoqchi. 

Pol Pogba ("Manchester Yunayted")

Pol Pogba ko'p yillar davomida "Real Madrid" bilan bevosita bog'lab kelinadi. Ayniqsa, u "qirollik klubi"da to'p tepish istagini bildirgach, muzokaralar yanada avj pallaga kirgan.

"Real" yozda "qizil iblislar" safini tark etishi kutilayotgan franciyalik futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. O'z o'rnida, "Real" Pogba bo'yicha "Yuventus" bilan bellashishiga to'g'ri keladi. Turinliklar sobiq futbolchisini ortga qaytarish bo'yicha asosiy davogarlardan biri bo'lib turishibdi. 

Orelen Tchuameni ("Monako")

Orelen Tchuameni jadallik bilan o'sib kelayotgan iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi. Kuch, tezlik, dribling mahorati joyida bo'lgan futbolchini yozda sotib olish bo'yicha ko'plab takliflar kelib tushgan. Jumladan, "Real Madrid" u uchun etakchi davogarlardan biri.

"Monako" Tchuamenini saqlab qola olmasligi taxmin qilinmoqda. 22 yoshli futbolchining istiqbolini inobatga olib, Franciya klubi qahramonimizni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. 

Erling Xoland ("Borussiya D")

So'nggi ikki yil davomida "Real Madrid" Xolandni sotib olish borasida ko'plab takliflar bilan chiqmoqda. 

Peres Xoland transferi bo'yicha bor kuchini safarbar qilgan. Mablag' topish uchun katta miqdorda kredit olishga ham tayyor. "Real" xattoki ochko'z Mino Rayolaning yuqori bo'lgan kommisiyasini to'lashga-da tayyor. Xoland ham faoliyatini doimiy ravishda sovrinlarga ega chiqadigan jamoada davom ettirmoqchi. 

Kilian Mbappe (PSJ)

Kilian Mbappe 2022 yilning yozida erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin. Klub bir yil oldin franciyalik futbolchini qo'lga kiritishni shunchalik orzu qilganki, 200 million evrolik taklif yuborgan. 

Biroq PSJ ham doimiy ravishda bu kelishuvga to'siq bo'lib kelmoqda. Mbappe esa parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda. Biroq Peresning bu galgi yurishi o'zini oqlasa kerak.

Samandarbek tarjimasi

BestMaster
19 Aprel 2022, 16:15
yozda, real, libosini, kiyishi, kutilayotgan, futbolchilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads