Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xulen Lopetegi: "Vinisiusning vaziyatida qo'l bilan o'yin bor edi - buni hamma ko'rdi"

La Liga 32-turidan o'rin olgan "Sevilya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

O'yindan keyin mehmonlar ustozi Xulen Lopetegi tassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Raqib ikkinchi bo'limda bizdan yaxshiroq harakat qildi. Biroq shunisi aniqki, ular tanaffusgacha bir kishi kam bo'lib qolishlari kerak edi.

Tanaffusda biz shu ruhda davom etish zarurligi haqida gaplashdik. Jarohatlar sabab 3 ta o'zgarish amalga oshirishga majbur bo'ldik. Ulardan biri Eduardo Kamavinganing sharofati bilan.

Imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. G'alaba qozonishdan qo'rqib ketdik.

Ular tezkor gol urib, bizni ikkilanishga majbur qilishdi. Juda xafamiz. Birinchi bo'lim ajoyib o'tdi, ammo o'yin ikkita taymdan iborat.

Vinisiusning vaziyatida qo'l bilan o'yin bor edi – buni hamma ko'rdi", – dedi "Sevilya" ustozi.

BestMaster
18 Aprel 2022, 03:30
xulen, lopetegi, vinisiusning, vaziyatida, bilan, oyin, buni, hamma, kordi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads