Nashrning yozishicha, 2022 yilning 14 dekabr kunida klub ochilish marosimini o'tkazadi. Bunga asosiy sabab sifatida "Bernabeu"ning 1947 yil aynan 14 dekabr kunida dastlabki ochilish marosimi bo'lgani keltirilgan. SHu orqali stadionning 75 yilligi nishonlanishi ko'zda tutilgan.
Yangi qiyofadagi "Bernabeu"ga 4 mingta o'rindiq qo'shiladi va stadion o'yin vaqtida o'z bag'riga 85500 muxlisni sig'dira oladi.