Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Betis" yana "Real Sosedad" darvozasiga 4 ta gol ura oladimi?

Bugun La Liga 32-turi start oladi.

.
- Yuklab olish

SHubhasiz, turning markaziy uchrashuvi "Sevilya" hamda "Real Madrid" o'rtasida kechadi.

Biroq turni ochib beruvchi bellashuv ham tomoshabop bo'lishi kutilmoqda. Unda beshinchi va oltinchi o'rinlardagi  klublar ro'baro kelishadi. (https://media.gettyimages.com/photos/alex-moreno-of-real-betis-celebrates-scoring-his-teams-fourth-goal-picture-id1358623205?s=2048x2048) 

"Betis" - "Real Sosedad" o'yini nafaqat jadvaldagi qo'shnilar, balki imkoniyat jihatidan ham bir-biriga yaqin jamoalar bahsi bo'ladi. Bunday hollarda esa ko'pincha bitta xato barchasini hal qiladi. SHunday ekan Imanol Alguasil shogirdlari ham, Manuel Pellegrini boshchiligidagi mehmonlar ham o'z darvozalari dahlsizligiga alohida etibor qaratishadi. SHu o'rinda "Betis" 56 ta gol urgan va bu borada chempionatning 4-ko'rsatkichiga ega ekanligini alohida qayd etish lozim.

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bahsida "Betis" 4:0 hisobida g'alaba qozongan. O'sha kuni chap qanot himoyachisi Aleks Moreno dubl qayd etgan. Qiziq tomoni avvalroq aytganimiz, Kubok doirasidagi o'yinda ham "betikos" "Real Sosedad" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi.

"Real Sosedad"   

Jamoa mavsum startini ajoyib o'tkazdi, lekin keyin ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotdi. "Real Sosedad" Ispaniya Kubogida avvaliga "Atletiko"ni engib, muxlislarini xursand qildi, lekin keyin chorak finalda bugungi raqibiga imkoniyatni boy berdi.

La Ligada esa Alguasil shogirdlari hisobida 31-turga kelib 54 ochko mavjud (15 g'alaba, 9 durang). 10 mart kuni klub safarda "Elche" ustidan g'alaba qozondi (2:1).

Bugun jamoaga Monreal, Oyarsabal, Saldua, Barrenechea Murugusa va Fernandes yordam bera olmaydi.

"Betis"

Bu mavsum Evropa Ligasida ishtirok etgan "Betis" guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazdi va pley-offning dastlabki bahsida "Zenit"ni o'yindan chiqarib yubordi. Biroq 1/8 finalda tunda "Barselona"ni ayab o'tirmagan Frankfurtning "Ayntraxt"ga imkoniyat boy berildi.

Primerada Pellegrini jamoasi 17 g'alaba va 5 durang bilan 56 ochko jamg'argan. O'tgan turda "betikos" ham safarda "Kadis" ustidan irodali g'alabaga erishdi (2:1).

Bugun mehmonlarga Kamarasa va Montoyya yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, o'yin toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi va "Futbol TV" telekanali orqali efirga uzatiladi. 

La Liga. 31-tur"Real Sosedad" - "Betis"San-Sebastyan, "Anoeta" o'yingohi 

La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz. 

BestMaster
15 Aprel 2022, 16:15
liga, betis, yana, real, sosedad, darvozasiga, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads