Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrichga voris sifatida qaralayotgan bo'lajak yulduz

18 yoshli Jud Bellingem nomi transferlar oynasi vaqtida eng ko'p tilga olinayotgan nom ekanini yaxshi bilasiz.

.
- Yuklab olish

2020 yilning yozida "Birmingem"dan "Borussiya D"ga ko'chib o'tgan qahramonimiz yoshiga xos bo'lmagan barqarorlik va ajoyib o'yinlar ko'rsatib, jamoaning ajralmas bir bo'lagiga aylandi.

Iqtidor haqida

18 yoshli Bellingem dortmundliklar safiga ko'chib o'tganidan keyin Transfermarkt portalidagi narxi 11 million evrodan 75 million evrogacha oshdi. Dortmundliklar ingliz charm to'p ustasiga 25 mln evro to'lagandi. Aytish kerakki, markaziy xavbekning "qovog'arilar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U yosh bo'lsa-da, jamoa etakchisiga aylandi. Uning kuchli jihatlari – to'pni nazorat qilish, pressing, to'pni olib qo'yish, samarali aldab o'tish. Yakkakurashlardagi ko'rsatkichlari ham ancha yuqori. 

U ko'p hollarda sheriklariga aniq to'p uzatishlarda xatoga yo'l qo'yadi. O'zi yo'llagan zarbalar esa yo noaniq, kuchsiz chiqadi yoki raqib futbolchisiga tegib qaytadi. Lekin bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun Bellingemda vaqt etarli. Hozirgi ko'rsatkichlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Jud bularni bartaraf eta oladi. Bundan tashqari, murabbiyar shtabi uni turli poziciyalarda sinab ko'radi: chap qanot vingeri, o'ng qanot vingeri, hujumkor xavbek, tayan yarim himoyachi. Qahramonimiz ushbu poziciyalarda o'zini allaqachon sinab ko'rdi. U "Birmingem" safida markaziy va tayan yarim himoya chiziqlarida o'zini sinab ko'rgan.

Yaqinda qahramonimiz borasida "Liverpul" sardori Jordan Xenderson ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi: 

"Uning o'yini menga juda yoqadi. Xarakteri maqtovga loyiq. O'zini maydonda tutishi etiborga molik jihatdir. Bellingem haqida faqat va faqat iliq fikrlarni aytishim mumkin. Jud hozirda kattalardek o'ynamoqda. Uning imkoniyatlari cheksiz". 

Hozirda qahramonimizga ko'plab jamoalar tomonidan ham jiddiy qiziqishlar bor. 

"Real"

Mazkur klub Bellingemni sotib olish uchun asosiy davogarlardan bo'lib turibdi. So'nggi xabarlarga ko'ra, klub Bellingemning agentlari bilan allaqachon muzokara o'tkazgan. Yozgi transfer vaqtida kelishuv amalga oshishi kutilmoqda. Futbolchi katta ehtimol bilan Luka Modrich va Toni Kroosning o'rnini egallashi nazarda tutilgan. Bellingemning transfer qiymati 80-90 million evroni tashkil qilishi mumkin. 

Nemis OAV xabariga ko'ra, qahramonimiz yana bir mavsum "Borussiya D" safida qolishni istamoqda. U yanada o'sish uchun shu qarorga kelishi kutilmoqda. O'z navbatida "qovog'arilar" "Real"dan tushadigan yaxshi taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

APLdan kelayotgan takliflar 

APLning bir yo'la uch klubi – "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" Bellingem transferiga ko'z tikkan. Bu jamoalar Judni ortga qaytarishmoqchi. Ushbu trioda mersisaydliklar imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda. Klopp Xenderson va Milnerga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Bu ikki futbolchining yoshi o'tib bormoqda. "Qizil iblislar" bo'lsa yozda Pol Pogba bilan xayrlashmoqchi. Natijada, uning o'rniga aynan Judni taklif qilishni maqsad qilgan. 

Maqsadlari borasida

U CHempionlar ligasi finaliga qadar etib boradigan jamoa safida o'ynashni istamoqda. Bazida u o'z jamoadoshlarini ham tanqid qiladi. Xususan, Niko SHulc, Aksel Vitsel va Toma Menega o'z shikoyatlarini oshkor qildi. Ayniqsa, Evropa ligasi doirasida "Reynjers"ga qarshi bahsdan so'ng u jamoadoshlariga qarata shunday fikrlarni bildirgan. 

Mats Xummels ham yaqinda bergan intervyusida buni tasdiqladi: "Judga uni yaxshi ko'rishimni 25 marta aytgan bo'lsam kerak. U men bilgan 18 yoshli yigitchalar orasida eng aqlli va eng jiddiysidir".

Samandarbek tarjimasi

BestMaster
14 Aprel 2022, 19:15
modrichga, voris, sifatida, qaralayotgan, bolajak, yulduz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads