Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" ishonchli g'alabaga erishdi va chempionlik sari yana bir qadam tashladi

Ispaniya La Ligasi 31-turidan o'rin olgan o'yinda "Real Madrid" - "Xetafe" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Xetafe" 2:0"Santyago Bernabeu" stadioniGollar: 1:0 – 38 Kazemiro, 2:0 – 68 Vaskes.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba (Nacho, 86), Militao, Marselo, Kazemiro (Sebalos, 75), Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema (Beyl, 74), Vinisius Junior (Asensio, 83), Rodrigo.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Mitrovich, Djene, Kuenka (Kabako, 82), Olivera, Maksimovich (Yokushlu, 86), Alenya (Oskar Rodriges, 46), Vilyar (Florentinu, 74), Unal, Mayoral (Sandro Ramires, 46).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Valverde (45), Olivera (76), Djene (79).

Real Madrid

Casemiro - 38', Lucas Vazquez - 68'

LaLiga . 31-tur

10/04/2022, 00:00

0 : 2 Tugadi

Getafe

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 50740 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 38'  Casemiro38'  Vinicius Junior44'  Casemiro45'  Federico Valverde68'  Lucas Vazquez68'  Rodrygo74'  Karim Benzema (Gareth Bale)75'  Casemiro (Daniel Ceballos)83'  Vinicius Junior (Marco Asensio)86'  David Alaba (Nacho Fernandez)46'  Carles Alena (Oscar Rodriguez)46'  Borja Mayoral (Sandro Ramirez)74'  Gonzalo Villar (Florentino Luis)76'  Mathias Olivera79'  Djene82'  Jorge Cuenca (Erick Cabaco)86'  Nemanja Maksimovic (Okay Yokuslu) Match-senterda ochish

La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real" chempionlik sari navbatdagi qadamni tashladi.

90+1-daqiqa. Yokushlu uzoq masofadan zarba yo'llab, omadini sinab ko'rdi.   

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

90-daqiqa. Enes Unalning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi.   

Burchak zarbalari bo'yicha hisob 10:2, albatta "Real" foydasiga.

89-daqiqa. Ikkinchi "corner"dan keyin zaxiradan tushgan Erik Kabako oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi.   

88-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti tugay degan bir pallada "Xetafe" o'zining birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! "Xetafe"da esa Nemanya Maksimovich o'rniga Okay Yokushlu maydonga tushirildi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Nacho David Alaba o'rniga o'yinga qo'shildi. 

85-daqiqa. Garet Beyl faollik ko'rsatishga urinyapti. Orada burchak zarbasi ham ishlab oldi.  

83-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Marko Asensio tushdi.

82-daqiqa. O'zgarish! Xorxe Kuenka ("Xetafe") o'rniga Erik Kabako maydonga tushdi.   

80-daqiqa. Ammo Rodrigo va Alaba standart vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.  

79-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisiusga nisbatan fol. Buning uchun Jene Dakonamga sariq kartochka ko'rsatildi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam qo'polligi uchun Matias Oliveyraga kartochka ko'rsatdi.   

Qizig'i, hozir tribunalardagi muxlislar Karimni olqishlar bilan kuzatib qo'ygan bo'lishsa, Garetni hushtaklar sadosi ostida kutib olishdi. 

74-daqiqa. O'zgarish! "Xetafe"da ham o'yinchi alishmoqda. Gonsalo Vilyar o'rnini Florentinu Luishga bo'shatib berdi. 

74-daqiqa. O'zgarishlarKarim Benzema va Kazemironing o'rniga Garet Beyl va Dani Sebalos maydonga tushdi.    

72-daqiqa. To'pni qabul qilgan Marselo yana o'ng oyoqda, aniq, zarba yo'lladi. Bugun Marselo o'ng oyog'ida bir nechta o'yindagi zarbalarini bittada tepib qo'ymoqchi shekil.     

71-daqiqa. Goldan ruhlangan "Real" yana faollik bilan hujumga o'tib, zarbalar bera boshladi.  

68-daqiqa. GOOOOOOOL! Lukas Vaskesdan shedevr! Ispaniyalik futbolchi Rodrigo bilan "devor" uslubida o'ynab, to'pni qayta qabul qildi va darvozaning uzoq pastki burchagiga o'ta aqlli zarba yo'lladi.   

64-daqiqa. Federiko Valverde "pushkasi" bilan uyqusirab ketayotganlarni uyg'otib yuborgan bo'lsa, ajab emas.

60-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

57-daqiqa. Eng yaxshi davrlarini eslagan Marselo oxirigacha hujumga bordi va Benzemadan to'pni qabul qilib olgach, kuchli zarb bilan to'pni darvoza tomon yo'lladi, birozgina noaniq.   

55-daqiqa. Garet Beyl chigilyozdi mashg'ulotlarini boshlab yubordi.   

53-daqiqa. Raqiblari qurshovida bo'lishiga qaramay, ularni chalg'itib to'p bilan oldinga o'tib ketayotgan Vinisiusni fol bilan to'xtatib qolishdi.  

52-daqiqa. Mezbonlar standart vaziyatdan foyda chiqara olishmadi.  

Endi Sandro Ramiresning o'zi qoidani buzdi. Kamavinga jabrlanuvchi rolida. 

51-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

Hujumga etib kelgan Matias Oliveyra boshi bilan zarba bera oldi, biroq uning urinishga aniqlik etishmadi. 

49-daqiqa. Marselo to'pga kech qoldi va Sandro Ramiresni maydonga yiqilishiga sababchi bo'lib qoldi. 

46-daqiqa

BestMaster
10 Aprel 2022, 02:15
liga, real, ishonchli, galabaga, erishdi, chempionlik, sari, yana, qadam, tashladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads