Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Xetafe" 1:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya La Ligasi 31-turidan o'rin olgan o'yinda "Real Madrid" - "Xetafe" uchrashuvi boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin.

YANGILASH

38-daqiqa. GOOOOOL! Vinisiusning uzatmasidan keyin Kazemiro boshi bilan zarba berib, hisobni ochmoqda.  

33-daqiqa. "Madrid"ning yana bir hujumi burchak zarbasi va undan samara chiqara olmaslik bilan yakunlandi.   

Mehmonlar vaziyat yaratishini o'rniga bu "Real"ning qarshi hujumiga aylanib ketdi. Biroq bor yo'g'i burchak zarbasi.  

30-daqiqa. Kazemiro jarima maydonchasi oldida qoidani buzmoqda. Futbolchi hakamning fikriga qo'shilmasada, jarima zarbasi.   

27-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. "Real" raqib to'p bilan muomalada nimalarga qodirligini ko'rmoqchi chog'i.

25-daqiqa. Faol startga qaramay, olti marta zarba bergan "Real" tezkor gol ura olmadi.     

23-daqiqa. O'z navbatida himoyadan chiqib ketishdi "Xetafe" futbolchilari juda chiroyli harakat qilishdi.   

22-daqiqa. Nihoyat mehmonlar ham "Real" jarima maydoniga yaqinroq borishgandi, lekin hujum uzoqqa cho'zilmadi.    

20-daqiqa. Vinisius Junior chap qanotdan ikki raqibini aldab, jarima maydoniga kirib bordi va aniq zarba berdi, biroq Soriya ham o'z o'rnida.    

18-daqiqa. "Qaymoqranglilar" iroz zerikib qolgan Kurtuaga to'pni qaytarib, yangi hujum boshlashdi.  

14-daqiqa. Mezbonlar ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda va zarbalar beryapti. Hozir ham shunday bo'ldi va Vaskesning yaqin burchakka zarbasidan keyin David Soriya ustuniga urilib ketdi. Posbonga yordam ko'rsatilishi zarur. 

12-daqiqa. Hozircha "Real" ustunlikni to'liq o'z tomoniga og'dirgan va to'pni ham nazorat qilmoqda. 

9-daqiqa. Yana bir burchak zarbasi, lekin ish zarbagacha etib bormadi.   

8-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasi va birinchi aniq zarbani ham mezbonlar amalga oshirib berishdi. Biroq Marseloning o'ng oyoqda bergan kuchli zarbasidan keyin to'p to'g'ri darvozabonga borib tushdi.   

5-daqiqa. Orqaroqqa tushib to'pni qabul qilgan Karim bir himoyachini chalg'itib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.  

O'yin davom etadi.

4-daqiqa. GOOOOL!   Biroq offsayd. Karim Benzema navbatdagi golini o'yindan tashqari holat tufayli hisoblashmadi.    

2-daqiqa. Marseloning oldinga tashlab bergan to'piga Vinisius etib borishiga himoyachi yo'l qo'ymadi.

"Real"ning ilk hujumi yakuniga etmay qoldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.  

Jamoalarning asosiy tarkiblari elon qilingan. 

"Real Madrid" – "Xetafe"

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Marselo, Kazemiro, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Mitrovich, Djene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Alenya, Vilyar, Unal, Mayoral.

Real Madrid

Casemiro - 38'

LaLiga . 31-tur

10/04/2022, 00:00

0 : 1 1-bo'lim

Getafe

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 38'  Casemiro38'  Vinicius Junior Match-senterda ochish

BestMaster
10 Aprel 2022, 00:45
live , liga, real, madrid, xetafe, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads