Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "CHelsi" - "Real" 1:3 (Matnli translyaciya)

Yana bir necha daqiqadan keyin ECHL chorak finalidan o'rin olgan "CHelsi" - "Real" bellashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

58-daqiqa. Militaodan javob. Ederning qanotga uzatgan to'pi maydondan chiqib ketdi.  

Zieshning uzatmasi keragidan kuchli bo'lib ketdi va jamoadoshi to'pga ulgurmadi. 

57-daqiqa. Fede Valverde o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.  

55-daqiqa. Havodagi kurashda Militao Kayga imkoniyat qoldirmadi. Germaniyalik futbolchi burchak zarbasi belgilanishi kerak deb hisoblamoqda.  

53-daqiqa. Pulishich qanotdan jarima maydoniga kirishga urinib ko'rdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

51-daqiqa. "CHelsi" futbolchisi "podkatda" Valverdedan to'pni olib qo'ydi, aks holda xavfli qarshi hujum ko'rishimiz mumkin edi.  

50-daqiqa. Kayning zarbasi "bloklandi", lekin takroriy urinishdan keyin Tibo to'qqizlikka ketayotgan to'pni katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

46-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzemada bir gap bor... Darvozabonlar uni ko'rganda shoshib qolishi odatiy holga aylanib bormoqda.

Tuxelning birinchi bo'limdan qoniqish hosil qilmagani tushunarli. SHu sababli murabbiy bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirdi. Makteo Mateo Kovachich va Hakim Ziyosh maydonga tushishdi. Ular Ngolo Kante hamda Kristensenni alishtirgani malum qilindi. 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Biroz dam olib, qaytamiz. Uxlab qolmang, ikkinchi bo'lim bundanda qiziq bo'lishi xavfi bor.

45+1-daqiqa. Valverde o'ng qanotdan oldinga o'tib bordi va markaziy zonada to'pni kutayotgan Benzemani ko'rdi, ammo Antonio Ryudiger uzatmani ilib ketdi.  

45-daqiqa. O'ta qiziqarli ruhda o'tgan birinchi bo'limga bor yo'g'i 1 daqiqa qo'shib berildi.   

44-daqiqa. Kay Xaverc jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, noaniq. 

42-daqiqa. Karim Benzemaga kutilmaganda Tiago Silva to'pni sovg'a qilgandi, franciyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani nishonga ola bilmadi. 

40-daqiqa. GOOOOL! Jorjinoning ajoyib uzatmasidan keyin Kay Xaverc boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Kurash davom etadi.

Tiago Silvani bir o'zini qoldirishdi va braziliyalik himoyachi oradagi farqni qisqartirishga yaqin kelgandi. 

38-daqiqa. Ngolo Kante kurashdi va jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.

36-daqiqa. Bugungi kungacha murabbiy sifatida "Real"ga biror marta ham yutqazmagan Tomas Tuxel boshidagi "kepkasini" bostirib, bekinib olgisi kelayapti, bechora.  

34-daqiqa. "CHelsi" o'ziga kelib oldi shekilli. Har holda jamoa hujumga o'xshagan nimadirlar qilishga urinmoqda. 

30-daqiqa. Kroosning burchakdan uzatgan to'pini Militao boshi bilan darvoza tomonga yo'lladi, Eduard o'z o'rnida. 

29-daqiqa. "Aristokratlar" nima qilayotganini, nima qilishini bilmay qoldi. Hozir oddiy vaziyatda raqibga burchak zarbasi sovg'a qilindi. 

26-daqiqa. "CHelsi" kamida engil, bo'lmasa og'irroq shok holatidaligi aniq. "Real" to'pni nazorat qilib, bo'sh zona paydo bo'lishi bilan hujumga o'tmoqda. 

24-daqiqa. GOOOOOOOL! Bitta golni yozib tugatgunimizgacha, Karimjon yana bitta gol urib qo'ydiku. Uning boshi bilan zarbasidan keyin Mendi yana to'pni qaytara olmadi.

 

21-daqiqa. GOLASOOOO! Vinisiusning chap qanotdan uzatmasidan keyin Karim Benzema 13-14 metrlardan boshi bilan gol urdi!  

20-daqiqa. Mauntning bosh bilan zarbasi qovushmadi va Tibo osonlik bilan to'pni egallab oldi.

19-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu harakati uchun hakam germaniyalik himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

18-daqiqa. Ryudiger tezlik olgan Valverdeni tizzasi bilan qarshi oldi. 

17-daqiqa. Eder Militaoning biqiniga kimdir tirsagi bilan urib ketdi chog'i, futbolchi tibbiy yordamga muxtoj.

16-daqiqa. Vinni qarshi hujumda yolg'izlanib qoldi va to'pni yo'qotdi.

15-daqiqa. Zarbaaaa! Ris Jeymsning kuchli zarbasidan keyin Tibo Kurtua ishonchli o'ynadi va to'pni qaytarib yubordi.

14-daqiqa. Ogohlantirish! Eder Militao yomg'irning birinchi qurboniga aylandi. To'pni qabul qilishdagi sustkashligidan keyin himoyachi Kay Xavercni qoida buzib to'xtatishdan boshqa yo'l topa olmadi. 

11-daqiqa. Bahsdagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi, lekin naf chiqara olishmadi. 

10-daqiqa. Qanday qilib?, degan savollar yangradi hozir Madridda. Karim Benzemaning aqlli qarori tufayli yuzaga kelgan xavfli hujumni Vinisius yakunladi, ammo u tepgan to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.  

7-daqiqa. Kante to'pga ulgurmadi va Kroosga nisbatan qoidani buzdi. 

5-daqiqa. Kay Xaverc yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, lekin tajribali Alaba raqibi osonlik bilan zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

4-daqiqa. Eder Militao o'yindagi ilk aniq zarbani amalga oshirdi. Uning urinishi Mendiga ortiqcha muammo tug'dirmagan bo'lsada, aniq chiqqani bilan qayd etiladi. 

3-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

Ilk hujumdayoq mezbonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishdi va to'p jarima maydoni markaziga yo'naltirildi, ammo u erda hujumchilardan hech kim topilmadi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Kay Xaverc boshlab berdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. CHempionlar Ligasi madhiyasi yangramoqda. 

Londonda havo havas qilgudek emas, lekin yomg'ir ushbu jamoalarga muammo tug'dirmaydi va biz chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz degan umiddamiz. 

Biroq yana bir fakt borki, "Qirollik klubi" shu paytgacha ECHLning amaldagi g'olibiga qarshi pley-off bosqichida to'qnash kelsa, albatta g'alaba qozongan va keyinchalik musobaqa bosh sovriniga ham ega chiqqan.

Qiziq tomoni, "Real" evrokuboklar doirasida "CHelsi"ga qarshi bellashuvlarda ham, Tomas Tuxel boshqaruvidagi boshqa klublarga qarshi o'yinlarda ham hali biror marotaba g'alaba qozona olmagan. ECHLda esa "Real" istalgan holatida xavfli raqib hisoblanadi va shuning uchun, bu to'qnashuvga bo'lgan qiziqish ikki karra ko'proq. 

Har ikki jamoa murabbiylari asosiy tarkib borasida qaror qabul qilib ulgurgan. 

"CHelsi" Angliya – "Real" Ispaniya

7 aprel, 00.00, "Stemford Brij"

"CHelsi" - Mendi, Kristensen, Tiago Silva, Ryudiger, Jeyms, Kante, Jorjino, Aspilikueta, Maunt, Xavertc, Pulishich.

"Real" - Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Kroos, Benzema, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vinisius, Mendi.

Chelsea

Kai Havertz - 40'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

07/04/2022, 00:00

3 : 1 2-bo'lim

Real Madrid

Karim Benzema - 21', Karim Benzema - 24', Karim Benzema - 46'

Stadion: Stamford Bridge

Bosh hakam: Clement Turpin

BestMaster
7 Aprel 2022, 01:15
live , echl, chelsi, real, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads