Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Foto  CHL doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi ayollar futboli tarixida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin bo'ldi

Ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Barselona" va "Real" (5:2) o'rtasidagi o'yinda muxlislarning tashrifi bo'yicha jahon rekordi o'rnatildi.

.
- Yuklab olish

Bu haqda UEFA xabar bermoqda.

Barselonadagi "Kamp Nou" stadioniga 91 553 muxlis tashrif buyurdi.

Oldingi rekord Pasadina (AQSH)da JCH-1999 finali doirasidagi AQSH va Xitoy (0:0, penaltilar bo'yicha 5:4) o'rtasidagi o'yinda o'rnatilgan edi. O'shanda o'yinga 90 185 muxlis tashrif buyurgan.

"Barselona" 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniya jamoasi ilk o'yinda 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi.

Ispaniya jamoasi yarim finalda "Arsenal" - "Volfsburg" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

Ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finali 21 may kuni Turinda bo'lib o'tadi. "Barselona" musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

BestMaster
31 Mart 2022, 11:15
foto , doirasidagi, barselona, real, bahsi, ayollar, futboli, tarixida, muxlis, tashrif, buyurgan, oyin, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads