Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Navbatdagi “El Klasiko”da “Barselona” safarda 4:0 hisobida “Real”ni taslim etdi. O'yindan so'ng Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

.
- Yuklab olish

“O'yin starti yaxshi bo'ldi, ammo 0:1 dan so'ng nazoratni yo'qotdik, “Barsa” bo'sh erlarni topdi va bizga muammo tug'dirdi. Uch himoyachi bilan bahsni boshladik, yakkama-yakka o'ynashga intildik, ammo bu bizga natija bermadi, bizning kunimiz emasdi.

CHempionatdagi ustunlik biz tomonda. Endi dam olish va keyingi 2 haftaga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. 2-taymda ko'proq pressing qilishga harakat qildik, ammo bu amalga oshmadi. Bu esa mening aybim.

Bu og'ir mag'lubiyat, chunki bu “Klasiko”. Bu zarba, jangda yutqazdik.

Biroq, bizda (La Liga) ustunlik bor va xotirjamlikni saqlab, jarohatdagilarning safga qaytishini kutishimiz zarur. O'tgan uchrashuv tufayli drama keltirib chiqarishga hojat yo'q. Bizni tanib bo'lmasdi, bari o'xshamadi. Buni unutib, oldinga intilishda davom etishimiz zarur, bizda katta ustunlik bor”, deydi Anchelotti.

BestMaster
21 Mart 2022, 08:00
anchelotti, sharmandali, maglubiyatdan, keyin, nimalar, dedi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads