Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

LaLiga. "Barselona" qaytdimi? Kataloniya klubi mehmonda "Real"ni yirik hisobda taslim etdi

Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Real Madrid

LaLiga . 29-tur

21/03/2022, 01:00

4 : 0 Tugadi

Barcelona

Pierre-Emerick Aubameyang - 29', Ronald Araujo - 38', Ferran Torres - 47', Pierre-Emerick Aubameyang - 51'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 60017 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45' 90' 22'  Toni Kroos46'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)46'  Daniel Carvajal (Mariano Diaz)63'  Luka Modric64'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)64'  Rodrygo (Marco Asensio)82'  Eduardo Camavinga88'  Lucas Vazquez26'  Frenkie de Jong29'  Pierre-Emerick Aubameyang29'  Ousmane Dembele31'  Sergio Busquets38'  Ronald Araujo38'  Ousmane Dembele47'  Ferran Torres47'  Pierre-Emerick Aubameyang51'  Pierre-Emerick Aubameyang51'  Ferran Torres71'  Pierre-Emerick Aubameyang (Memphis Depay)71'  Frenkie de Jong (Pablo Gavira)74'  Jordi Alba80'  Ousmane Dembele (Adama Traore)86'  Pedri (Nico Gonzalez)86'  Jordi Alba (Dani Alves)88'  Nico Gonzalez Match-senterda ochish

"Real Madrid" – "Barselona" 0:4

"Santyago Bernabeu

Gollar: 0:1 – 29 Obameyang, 0:2 – 38 Arauxo, 0:3 – 47 Ferran Torres, 0:4 – 51 Obameyang.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Mariano Dias, 46), Alaba, Militao, Nacho (Vaskes, 63), Modrich, Kroos (Kamavinga, 46), Kazemiro, Valverde, Rodrigo (Asensio, 63), Vinisius Junior.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba (Dani Alves, 86), Buskets, de Yong (Gavi, 71), Pedri (Niko Gonsales, 86), Obameyang (Depay, 71), Dembele (Traore, 80), Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: Kroos (22), de Yong (26), Buskets (31), Modrich (63), Alba (74), Kamavinga (82), Vaskes (88), Niko Gonsales (88).

LALIGA JADVALI

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Sariq kartochka. Gavi va Lukas Vaskeslar qo'pol o'ynashdi.

85. "Real"ning hujumlari foyda keltirmayapti. Madridliklar gol urish uchun katta kuch bilan hujumga o'tishgan.

82. Sariq kartochka. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Kamavinga Busketsga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun jazolandi.

80. O'zgarish. Usmon Dembele o'rniga Adama Traore maydonga tushdi.

78. Depay ham o'z hisobiga gol yozdirb qo'yishi mumkin edi, ammo uning kuchli zarbasidan so'ng Kurtua seyv ijro etdi.

77. Asensio Alabaning uzatmasini golga aylantirishga urindi, ammo zarba noaniq bo'ldi.

75. Sariq kartochka. Xordi Alba Vinisiusni chalib yiqitdi.

71. "Barselona"da o'zgarishlar: Obameyyang o'rniga Depay, De Yong o'rniga Gavi maydonga tushdi.

68. Hisob 0:4 ko'rinishida bo'lsa ham Xavi shogirdlariga baqirib, aniqroq o'ynash kerakligini aytyapti.

63. Sariq kartochka. Modrich Dembelega nisbatan qo'pol o'ynadi.

58. Obameyyang deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi, qanotdan uzatilgan ajoyib pasdan so'ng zarba berilgan to'p 7 metrlik darvozaning yonidan o'tib ketdi.

52. Obameyyang gol urdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib turgandi. VAR hammasini ko'zdan kechirmoqda. GOOOL! 0:4.

47. GOOOL! 0:3! TORRES! "Barselona"ning super hujumi Ferran Torresning goli bilan yakun topdi. Hujumni so'z bilan ifodalash qiyin, uni tomosha qilgan maqul.VIDEO

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi va Torres 1ga1 vazitdan unumli foydalana olmadi. 

TANAFFUS!

45. Super o'tgan birinchi taym yakunlndi.

38. GOOOL! ARAUXOOO! "Barselona" hisobni 2:0, aniqrog'i 0:2 ko'rnishiga keltirdi. Bu safar Arauxo Usmonning burchakdan uzatgan to'pini boshi bilan darvozaga yo'llab, farqni oshirdi.

36. Vinisiusss... Braziliyalik forvard jamoasining tezkor qarshi hujumini golga aylantirishi mumkin edi, ammo Ter SHtegen o'z vaqtida oldinga siljidi va xavfni bartaraf etdi.

35. YANA OBAMEYYANGDAN ZARBAAA... Kurtadan seyv.

31. Sariq kartochka. Buskets "Real" qarshi hujumga o'tmasligi uchun Militaoni "minib" oldi va shu sabab jazolandi.

29. GOOOL! OBAMEYYANG! Pike to'pni Usmonga uzatdi, Dembele esa o'z qanoti bo'ylab oldinroqqa o'tib, to'pni markazga jo'natdi. Gabonlik forvard esa aniq uzatmadan so'ng to'pga boshini qo'ydi va darvozani ishg'ol qildi.

26. Sariq kartochka. De Yong Kroosni to'xtatishda qo'polllik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

22. Sariq kartochka. Toni Kroos Busketsga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

18. ZARBAAA! Torresning uzoq burchakka bergan zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi.

14. Vinisius o'z qanotidan markazroqqa o'tiyu, yaqin burchakka zarba berdi, biroq Ter SHtegen joy tanlashda xato qilmadi va to'pni egallab oldi.

12. OBAMEYYANG! Gabonlik forvard deyarli birga-bir vaziyatdan "Real" darvozasiga gol ura olmadi. Qaytgan to'pni Dembele egallab, u ham o'z omadini sinab ko'rdi, ammo bu safar ham Kurtua qahramonlik ko'rsatdi.

7. ZARBAAA... Vinisius o'z qanotida Arauxoni rosa "chayqadi" va to'pni orqaroqdagi Valverdega uzatdi, yarim himoyachining kuchli zarbasini Ter SHtegen qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

5. "Real"ning birinchi (qarshi) hujumi Rodrigoning zarbasi bilan yakun topdi, lekin biroz noaniq.

3. Kutilmaganda Pike uzun pas orqali Torresni Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqarishi mumkin edi, ammo Ferran to'pga eta olmadi.

2. Bahsdagi dastlabki zarba Ferran Torres tomonidan ijro etildi, ammo juda noaniq.

1. Hakam xushtagi chalindi va o'yin boshlandi.

------------------------------------------------------------------------------------------

- Bahs boshlanishidan avval Tibo Kurtuaga LaLiganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrin topshirildi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Tarkiblar pastroqda ko'rsatib o'tilgan.

- Assalomu alaykum bugunning eng muhim bahsini kutib, televizor va telefonlar qarshisida yig'ilganlar. 

------------------------------------------------------------------------------------------

"Real Madrid" — "Barselona"

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Nacho, Valverde, Modrich, Kroos, Kazemiro, Rodrigo, Vinisius Junior.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Obameyang, Dembele, Ferran Torres.

BestMaster
21 Mart 2022, 03:00
laliga, barselona, qaytdimi?, kataloniya, klubi, mehmonda, realni, yirik, hisobda, taslim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads