Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Muxlislar orzusini barbod qilgan Samvel Babayan!

Butun dunyo o’zbek futbol muxlislari uchun yashab turgan zamin qora zulmatga aylandi.  Futbol bo’yicha nufuzi jihatidan oliy o’rinda turuvchi jahon chempionati bizlar uchun nozik uyquga ketdi. Aniqroq qilib aytganda bizlarni uxlatib yuborishdi. Komediya tarzda boshlangan saralash bosqichi tragediya bo’lib, intixo topdi.  G’alaba qozonib jahon chempionatiga chiqish kerak bo’lgan o’yinda, Janubiy Koreya bilang 0:0 o’ynab qo’yib og’zimizdagi oshirimizni oldirib qo’ydik.  “Bunyodkor” stadionida muxlislarning nafratga to’la armonli nigoxlari ostida Janubiy Koreyani jahon chempionatiga kuzatdik.

 Uchrashuvga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, o’yin koreyaliklar tuzgan senariy asosida kechdi.  Raqiblarimiz 1 taymda bizlarga  o’ynashga imkoniyat berishdi. Ya’ni biznikilar faol boshlashdi.  2 taymda voqealar teskari ko’rinish oldi.  Koreyaliklar xujumlar yomg’irini yog’dirishdi. Gox Ignatiy Nesterovning mahorati, gox raqiblarimizning zarbalari noaniq ketdi.  Darvoza ustunlari ham bizga yordam berdi. Taqdir bizga barcha omadlarni yo’naltirib qo’ydi deb tan olishimiz kerak.  Faqat bizlar uni mahkam ushlab qola olmadik.  Ancha zaiflashgan Janubiy Koreyani yutish bizga nasib qilmadi. Raqiblarimiz qancha zaif  bo’lgan bo’lsa, bizlar ham taktik jihatidan shu qadar qashshoq edik.

 

                                                                              Davomi...

BestMaster
7 Sentabr 2017, 14:10
muxlislar, orzusini, barbod, qilgan, samvel, babayan!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads