Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema: "Bunchalik ko'p gollar urishni o'ylamagan holda "Real"ga sovrinlar uchun o'tganman"

"Real" hujumchisi Karim Benzema Madrid klubi tarixidagi to'purarlar orasida uchinchi o'ringa chiqqani haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

"Di Stefanodan o'tish - orzu, sababi u "Real" afsonasi. "Real" o'yinchisi sifatidagi taqdimotimda meni qanday quchoqlagani esimda. Di Stefano menga ushbu buyuk klubda o'ynashdan rohatlanishimni aytgandi. Uning darajasiga chiqqanimdan baxtliman va bu menga yanada yuqoriroq marraga chiqish uchun kuch beradi".

Hujumchi Madriddagi har bir kunida rohatlanayotganini qayd etdi.

"Bunchalik ko'p gollar urishni o'ylamagan holda "Real"ga sovrinlar uchun o'tganman. Doim insonlarning xotiralarida qolishni xohlaganman. To'g'ri yo'ldaman deb o'ylayman. Madridda o'zimni uydagidek his qilaman, bu er menga yoqadi. Har bir kundan zavqlanyapman", - deydi Benzema.

34 yoshli francuz "Real" tarkibida 407ta o'yinda maydonga tushib, 212ta gol urdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

BestMaster
12 Mart 2022, 14:45
benzema, bunchalik, gollar, urishni, oylamagan, holda, realga, sovrinlar, uchun, otganman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads