Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "Real Madrid" - "PSJ" 0:1 (matnli translyaciya)

ECHLning 1/8 finalidan o'rin olgan "Real Madrid" - "PSJ" bahsining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" - "PSJ" 0:1

Gollar: Kilian Mbappe 39'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 3. Eder Militao, 4. David Alaba, 6. Nacho Fernandes, 10. Luka Modrich, 8. Toni Kroos, 15. Federiko Valverde, 11. Marko Asensio, 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 5. Xesus Valexo, 7. Eden Azar, 12. Marselo, 16  Luka Yovich, 17. Lukas Vaskes, 18. Garet Beyl, 19. Dani Sebalos, 21. Rodrigo, 22. Icko, 24. Mariano Dias, 25. Eduardo Kamavinga.

"PSJ": 50. Djanluidji Donnarumma, 2. Ashraf Xakimi, 5. Markinos, 3. Presnel Kimpembe, 25. Nunu Mendesh, 15. Danilu Pereyra, 6. Marko Verratti, 8. Leandro Paredes, 30. Lionel Messi, 7. Kilian Mbappe, 10. Neymar.

Zaxira: 1. Keylor Navas, 9. Mauro Ikardi, 11. Anxel Di Mariya, 17. Kolen Dagba, 18. Djordjino Veynaldum, 22. Abdu Diallo, 23. Yulian Draksler, 24. Tilo Kerer, 27. Idrissa Geye, 28. Erik Ebimbe, 34. Xavi Simons, 38. Eduar Michu.

Ogohlantirishlar: Leandro Paredes 7'

Real Madrid

Champions League Final Stage . 1/8-tur

10/03/2022, 01:00

1 : 0 1-bo'lim

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 39'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Danny Makkelie

45' 90' 43'  Nacho Fernandez44'  Vinicius Junior7'  Leandro Daniel Paredes39'  Kylian Mbappe39'  Neymar Match-senterda ochish

42. Modrichning uzoq masofadan erlatib bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

Neymar Mbappeni oldinga boshladi, Killian bir o'zi himoyachilardan o'tib ketib darvozaga yaqin bordi va kuchli zarba berdi - hisob 0:1. Super hujum - super gol!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "PSJ" hisobda oldinga chiqib oldi!

37. Kroos to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, Benzemaning bosh bilan bergan zarbasi esa birozgina noaniq ketdi.

34. Amma ushbu gol inobatga olinmadi, hujum tashkil qilinayotganda Nunu Mendesh o'yindan tashqari holatda ekan. 

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mbappe gol urdi. 

31. Neymar jarima maydonchasi ichida to'pni yanada oldinroqda turgan Messiga uzatdi, Leo o'tkir burchak ostidan to'pni sal markazga uzatdi, ammo bu vaziyatda parijliklardan hech kim yo'q edi...

25. ZARBA! Benzemaning uzoq masofadan aylanma bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. 

22. Neymarning erlatib bergan zarbasini Kurtua ushlab oldi.

21. Bosh hakam ko'pgina holatlarda o'yin qoidasi buzilmaganiga ishonmay, o'yinni to'xtatmayapti.

20. Paredesning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

13. XAVFLI VAZIYAT! Mbappe jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga erlatib zarba berdi, Kurtua esa oyoqlari bilan to'pni ajoyib tarzda qaytarib yubordi.

12. Karvaxalning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

8. Messi himoyaga yordamga kelib to'pni olib qo'ydi va Neymarni oldinga boshladi. Braziliyalik futbolchi maydon markazidan turib Mbappega pas berdi, Killian jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, Kurtua esa to'pni ushlab oldi.

7. Asensio uzoq masofadan darvozaga zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

4. Vinisuis chapdan oldinga o'tib to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Asensio esa darvozaga zarba berolmadi.

3. Madridliklar raqiblariga bosim o'tkazib, to'pni olib qo'yishga intilishmoqda.

1. Ilk daqiqalardanoq madridliklar hujumga o'tishdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Asensio o'ziga to'g'rilay olmadi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoa vakillari maydonga chiqib kelishmoqda.

Har ikki jamoa vakillari o'yinoldi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

BestMaster
10 Mart 2022, 01:45
live , echl, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads