Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" PSJga qarshi bahs oldidan g'alaba qozondi

Ispaniya La Ligasi 26-turidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Rayo Valekano" – "Real Madrid" 0:1"Kampo de Valekas" stadioniGol: 0:1 – 83 Benzema.

"Rayo Valekano" – Zidan, Baliu, Suares, Katena, Fran Garsiya, Garsiya (Silla, 85), Komesanya, Oskar Valentin (Siss, 65), Trexo (Nteka, 85), Bebe (Palason, 73), Gvardiola (Falkao, 73).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 88), Kroos, Kazemiro (Valverde, 61), Benzema, Asensio (Rodrigo, 80), Vinisius Junior (Kamavinga, 88).

Ogohlantirish: Oskar Valentin (42), Trexo (56), Kazemiro (58), Mendi (63), Baliu (65), Bebe (72), Katena (79), Sebalos (90). 

Rayo Vallecano

LaLiga . 26-tur

26/02/2022, 22:30

1 : 0 Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 83'

Stadion: Campo de Futbol de Vallecas, 9952 tomoshabin

Bosh hakam: Isidro Diaz de Mera

45' 90' 42'  Oscar Valentin56'  Oscar Trejo65'  Ivan Balliu65'  Oscar Valentin (Pathe Ciss)72'  Bebe73'  Bebe (Isi Palazon)73'  Sergi Guardiola (Radamel Falcao)79'  Alejandro Catena85'  Alvaro Garcia (Mamadou Sylla)85'  Oscar Trejo (Randy Nteka)39'  Casemiro58'  Casemiro61'  Casemiro (Federico Valverde)63'  Ferland Mendy80'  Marco Asensio (Rodrygo)83'  Karim Benzema83'  Vinicius Junior88'  Luka Modric (Daniel Ceballos)88'  Vinicius Junior (Eduardo Camavinga)90'  Daniel Ceballos Match-senterda ochish

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatish mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Real" og'ir o'yinda, muhim g'alabani qo'lga kiritdi hamda taqibchilari bilan o'rtasidagi farqni yanada kattalashtirib oldi.

90+6-daqiqa. Ogohlantirish! Tilini tiymagani uchun Danining o'ziga sariq kartochka ko'rsatildi! 

90+5-daqiqa. Radamel Falkao Sebalosga nisbatan qoidani buzdi. Ispaniyalik futbolchi maydondan turishga shoshilmaydi albatta.    

90+2-daqiqa. Mezbonlar Mendi Bebega nisbatan fol ishlatdi deb hakamga yuzlanishmoqda, ammo uning fikri boshqacharoq. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

Dani Sebalos maydonga tushgani zahoti qoidani buzdi. Jarima zarbasidan keyin Kurtua to'pni egallab oldi. 

88-daqiqa. O'zgarishlarVinsius va Modrich o'rniga Kamavinga va Sebalos tushirildi! 

87-daqiqa. Endi mezbonlar muxlislariga vaqt juda tez o'tib ketayotgandek tuyulmoqda. 

O'yinni asosan himoyalanish bilan o'tkazgan "Rayo" buyog'iga qanday harakat qilarkin?

83-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema jamoasiga katta ehtimol g'alaba keltirmoqda! Vinisiusdan assist. 

80-daqiqa. Kurtua raqib ikkinchi bo'limdagi kam sonli imkoniyatlardan birida gol urib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

76-daqiqa. Marko Asensio o'zini o'nglay olmadi va tushunarsiz uzatmasi sabab, mezbonlar to'pni egallab olishdi.   

73-daqiqa. Luka Modriiiich! O'ta qulay vaziyatda ustunni poyladi, qo'shimchasiga hakam xorvatiyalik o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi.   

72-daqiqa. O'zgarishlarBebe maydonni tark etish oldidan kartochka olgani malum bo'lmoqda. Gvardiola uchun ham o'yin yakunlandi. Ularning o'rniga Isaak Palazon va Radamel Falkao o'yinga qo'shildi.  

72-daqiqa. Ogohlantirish! Bebe aldangach, Mendini quchoqlab olgani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

68-daqiqa. Serxio Gvardiola boshi bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

67-daqiqa. Luka Modrichning uzatmasi sal qolsa, zarbaga va golga aylanib ketardi, ammo Zidan ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi. 

65-daqiqa. Ogohlantirish! Endi bo'sh zonaga qarab qochayotgan Vinisiusni ochiqchasiga to'xtatib qolgani uchun Ivan Baliu ogohlantirildi.

63-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi qo'pol o'ynadi. Sariq kartochkalar bo'yicha ham hisob tenglashdi 2:2.  

61-daqiqa. O'zgartirish! "VAR"dagilar ham bu vaziyat qizilga tortmasligini tasdiqlagach, xotirjam bo'lgan Anchelotti braziliyalikni Fede Valverdega o'zgartirishni lozim topdi. 

58-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro to'pga ulgurmadi va raqibning oyog'ini bosib oldi.  

57-daqiqa. Ogohlantirish! Oskar Trexo yana bir sariq kartochka "egasiga" aylandi.  

56-daqiqa. Tibo Kurtua jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.   

54-daqiqa. Endi "Rayo" jonlandi va hujumda bo'lib turibdi.  

Vinisiusning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'lishdi, oltinchi burchak zarbasi ham "Real"ga foyda bermadi. 

51-daqiqa. "Rayo"ning hujumi ilk fazalaridayoq uzilib qoldi. Asensioning faolligi evaziga "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. 

50-daqiqa. "Madrid" hujumda. Ajoyib harakatlar va faqatgina oxirgi uzatmaning manzili nomalum bo'lib qoldi.  

48-daqiqa. Bebe o'ngdan oldinga o'tdi va u jarima maydonchasiga uzatgan to'p yo'nalishi o'zgarib, darvoza to'siniga tegib ketdi.    

Kutilganidek, taymni "Real Madrid" faolroq boshladi va burchak zarbasi tepishga ham ulgurdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha hisob ochilmadi. 

45+1-daqiqa. "Real"ning yana bir urinishi samarasiz ketdi.  

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi!

45-daqiqa. Luka Modrichni fol bilan to'xtatib qolishdi. Hujumga qo'shilgan Militao esa hushtakkacha raqib himoyachisiga borib urildi va "Rayo" vakiliga yordam ko'rsatilishi zarur.   

42-daqiqa. Ogohlantirish! Oskar Valentinga qarshi hujumga oshiqayotgan Karim Benzemani ochiqchasiga yiqitgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi.   

Yo'q, gol inobatga olinmadi, futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani qayd etildi va hisob o'zgarmadi.  

Mezbonlar norozi, hakam esa shoshmaslikni so'radi. Hamma "VAR"ning qarorini kutmoqda. 

39-daqiqa. GOOOOOOL! Navbatdagi burchak zarbasi va jarima maydonchasiga takror-takror uzatmalardan keyin Kazemiro to'pni darvozaga yo'lladi.  

"Rayo" yana kutilmaganda to'pni raqibdan olib qo'yishni uddaladi.

34-daqiqa. Ferlan Mendining xatosidan keyin Alvaro Garsiya qulay nuqtadan o'ta kuchli zarba berdi, ammo juda noaniq.    

32-daqiqa. Soniyalar ichida avvaliga "Rayo" futbolchisi maydonga yiqildi, keyin mehmonlar vakili. Hakam ikkinchi holatda qoida buzilganini qayd etdi. Bu tabiiyki "Rayo" futbolchilariga ham, muxlislariga ham yoqmadi.    

30-daqiqa. "Real" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lsada, "Rayo" muntazam ravishda qarshi hujumlar uyushtirishga urinmoqda.  

24-daqiqa. Marko Asensio jarima maydonchasi yaqinidan aylanma yo'nalishda ajoyib zarba yo'lladi, biroq darvozabon ham o'zini ko'rsatdi va jamoasini qutqardi.  

22-daqiqa. "Real"ning uzat davom etgan hujumi Benzemaning o'yindan tashqari holatga tushib qolgani sabab yakuniga etdi. &

BestMaster
27 Fevral 2022, 00:45
liga, real, psjga, qarshi, bahs, oldidan, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads