Real Madrid – Alaves 3:0 "Santyago Bernabeu" stadioniGollar: 1:0 – 63 Asensio, 2:0 – 80 Vinisius Junior, 3:0 – 90, penalti Benzema.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 87), Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 85), Modrich (Rodrigo, 82), Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio (Sebalos, 82), Vinisius Junior (Azar, 85).
"Alaves" – Pacheko, Tenalya, Lejen, Myazga, Duarte (Ximo Navarro, 83), Djeyson (Pere Pons, 61), Pina, Eskalante (Mendes, 72), Lum (Moyya, 83), Xoselu, Rioxa (Valexo, 72).
Ogohlantirishlar: Modrich (33), Lum (48).
Real Madrid Marco Asensio - 63', Vinicius Junior - 80', Karim Benzema - 90' LaLiga . 25-tur 20/02/2022, 01:00 Deportivo Alaves Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 42180 tomoshabin Bosh hakam: Jose Munuera
45' 90' 33' Luka Modric63' Marco Asensio63' Karim Benzema80' Vinicius Junior80' Karim Benzema82' Marco Asensio (Daniel Ceballos)82' Luka Modric (Rodrygo)85' Ferland Mendy (Marcelo)85' Vinicius Junior (Eden Hazard)87' Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)90' Karim Benzema48' Mamadou Loum Ndiaye61' Jason (Pere Pons)72' Gonzalo Escalante (Edgar Mendez)72' Luis Rioja (Manuel Vallejo)83' Ruben Duarte (Ximo Navarro)83' Mamadou Loum Ndiaye (Antonio Moya) Match-senterda ochish
Ushbu sahifadauchrashuvning matnlitranslyaciyasini tomosha qilishingiz mumkin bo'ldi.
YANGILASH
Bo'ldi, qolgan daqiqalarda "Real" to'pni raqibga bermadi ham va hakam final hushtagini chaldi!
90+1-daqiqa. GOOOOOL! KARIM Benzema osonlik bilan navbatdagi golni rasmiylashtirdi va to'purarlar poygasida ustunligini yaxshilab oldi.
90-daqiqa. PENALTI! Rodrigo jarima maydonchasiga yorib kirgan pallada yiqitildi va hakam nuqtaga ishora qildi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89-daqiqa."Real" safida zaxiradan tushganlar faollik ko'rsatishga urinmoqda.
87-daqiqa. O'zgarish! Oxirgi o'zgarish amalga oshirildi. Karvaxal o'rnini Vaskesga bo'shatib berdi.
85-daqiqa. O'zgarishlar! Mendi va Vinisius o'rniga Marselo va Azar o'yinga qo'shildi.
83-daqiqa. O'zgarish! Mamadu Ndaye o'rniga Toni Moyya maydonga tushirildi.
82-daqiqa. O'zgarishlar! Marko Asensio hamda Luka Modrich o'rnini Dani Sebalos va Rodrigoga bo'shatib berdi.
80-daqiqa. GOOOOOOL! O'sha juftlik baribir o'z so'zini aytdi. Takidlash lozim, bu hujumda Asensio va Valverde ham faol ishtirok etdi.
77-daqiqa. Vinisius-Benzema juftligi hozir yana bir golni rasmiylashtirib qo'yishi mumkin edi. Biroq Benzema yo'llagan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
72-daqiqa. O'zgarishlar! Gonsalo Eskalante va Luis Rioxa o'rniga Edgar Mendes hamda Manu Valexo o'yinga qo'shildi.
72-daqiqa. Ferlan Mendiga nisbatan fol.
68-daqiqa. Karim Benzema qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
67-daqiqa. Mezbonlar ketma-ket ikki bor burchak zarbasini amalga oshirishdi. Yakunda Vinisiusning uzatmasidan Militao gol urishi mumkin edi, biroq aniqlik etishmadi.
64-daqiqa. "Alaves" darhol hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin "Real" himoyachilari bunga imkon bermadi.
63-daqiqa. GOLAZOOOO! Tarifga so'z ojiz. Marko Asensio hisobni ochdi.
61-daqiqa. David Alaba to'p uchun kurashda Xoseluga nisbatan fol ishlatgan deb topilmoqda.
58-daqiqa. Bir necha daqiqadan buyon "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasidan chiqarmayapti. Xavf tobora ortib bormoqda.
55-daqiqa. O'yin tempi oshdi. Hozir Vinisius o'ziga o'zi qulay vaziyat yaratdi va zarba berdi, kiper qaytargan to'pni Benzema yana darvozaga yo'llaganida esa himoyachi gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.
53-daqiqa. Qanotdan hujumga qo'shilgan Mendi oldinga qanchalik tez yugurgan bo'lsa, uzatmani ham shunchalik noaniq amalga oshirib berdi.
51-daqiqa. Luka Modrichning burchakdan oshirib bergan to'pini Benzema darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, ammo omadsiz.
48-daqiqa. Ogohlantirish! Vinsiiusga nisbatan ishlatilgan fol uchun Mamadu Ndiaye ogohlantirildi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.
45-daqiqa. Hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.
To'pga egalik qilish bo'yicha kshrsatkich 66% - 34% "Real" foydasiga.
42-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Luka Modrich zarbasilan yakunlandi.
37-daqiqa. Rioxa "Alaves"ning kam sonli hujumlaridan birini zarba bilan yakunlay oldi.
33-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich raqibini tinch qo'ymagani va oxiri baribir yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
"Alaves" ham burchak zarbasidan naf chiqara bilmadi.
30-daqiqa. Endi Karvaxal tinchgina to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni lozim topdi.
29-daqiqa. Federiko Valverde jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Uning kuchli zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.
20 Fevral 2022, 03:00
liga, real, madrid, bernabeuda, yirik, galabani, qolga, kiritdi,
Online