Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karlo Anchelotti: "Biz hech qachon "Real Madrid" CHempionlar ligasida g'olib chiqadi, deb aytmaganmiz. Biroq kurashishga qodirmiz"

Karlo Anchelotti "Real Madrid"ning CHempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Qaymoqranglilar” ustozi turnirning 1/8 finali ilk uchrashuvida PSJga qarshi kechgan uchrashuv (0:1) haqidagi savollarga javob berdi.

“Klubdagi futbolchilar bilan birgalikda prezident bilan ham gaplashdim. Rahbariyat ham xuddi qolganlar singari qayg'uda. Jamoa imijiga putur etdi.

Natija muammolarimizning eng kichiki, chunki uni tuzatish mumkin. O'yinimiz ancha yomon o'tdi.

Tanqidlar o'rinli, chunki biz noto'g'ri ish qildik. Birinchi tanqidchi mening o'zim va men masuliyatni o'z zimmamga olaman. Biz nima sodir bo'lganini tushunishimiz va undan saboq olishimiz kerak. Bazi tanqidlar adolatli, bazilari esa safsata.

Hech qachon CHempionlar ligasida g'olib chiqamiz deb aytmaganmiz. Ammo biz kurasha olamiz va uch haftadan so'ng yana PSJga qarshi jon-jahdimiz bilan kurashamiz, bunga hech qanday shubha yo'q”, — dedi “Real Madrid” ustozi.

BestMaster
18 Fevral 2022, 20:00
karlo, anchelotti, hech, qachon, real, madrid, chempionlar, ligasida, golib, chiqadi, aytmaganmiz, biroq, kurashishga, qodirmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 shodmonov  
Ajoyib sòzlar don karlo biz sizga ishonamiz
19 Fevral 2022, 22:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads