Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe: "PSJda ekanligimdan baxtiyorman"

PSJ hujumchisi CHempionlar Ligasi 1/8 finalida "Real" ustidan qozonilgan g'alabaga to'xtaldi.

.
- Yuklab olish

Qo'shib berilgan vaqtda Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan to'p parijliklarga Madrid klubiga qarshi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba keltirdi. Xabaringiz bor, jamoalar endi 9 mart kuni Ispaniya poytaxtida javob uchrashuvida to'qnash kelishadi. 

"Juda xarsandman. Biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik va qoniqish hosil qildik. Ikkinchi o'yin oldidan ustunlik biz tomonda. Neymar menga uzatma berdi, men esa jarima maydonchasiga tezlik bilan yorib kirishga muvaffaq bo'ldim. Himoyachilar ortda qolishdi va men darvozabonning oyoqlari orasi tomon zarba berishimni aniq bilardim.

"Real" kabi jamoa hech qachon taslim bo'lmaydi. Bu uchrashuvda natijaga erisha olmadi, ammo javob uchrashuvida boshqacha harakat qiladi. Biz 9 martga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Men bor etiborimni futbolga qaratmoqchiman. Odamlar ko'p narsa haqida gapirishadi, hech narsani bilmasdan, mish-mish tarqatishadi. To'g'risi, men bor diqqat-etiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman. PSJda ekanligimdan baxtiyorman", – dedi Mbappe.

BestMaster
16 Fevral 2022, 17:30
mbappe, psjda, ekanligimdan, baxtiyorman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Realfanclub  
Mana. Shu Mbappe mash mashasi jonga tegdi manimch bu bola Real madridga oʻtaman deb hammani ishontirib oxirida Psgda qolib ketsa kerak manimcha real shu bolani sotib olaman deb deyarli 2018 yildan beri transperlar qilmay qoʻydi olib kelgan oʻyinchilari esa saviyasi past
17 Fevral 2022, 11:01
 Realfanclub  
Ohirgi yillarda real Madrid transfer siyosati umuman notoʻgʻri yolga qoʻyilyapti juda saviyasi past oʻyinchilar sotib olyapti oʻzidagi super iwtidorlarni esa sotib yuboryapti manimcha bu Peresni Qarib tomi ketib qolyapti shekili
17 Fevral 2022, 11:04
 Realfanclub  
Ohirgi transfer qilgan oʻyinchilari oʻzini oqlamayapti misol uchun luka yovich va boshqalar sotib yuborgan super iqtidorlarini qareng marcus liorente teo ernandes va yana bunga koʻplab misollar bor
17 Fevral 2022, 11:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads