Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua Messi penaltini qanday amalga oshirishini bilgan?

Tunda ECHL 1/8 finali doirasida Parijda PSJ - "Real" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Biz kuchli raqibga qarshi uning maydonida to'p tepdik. O'yinni yomon boshlamadik, biroq to'p bilan ko'ngildagidek muomalada bo'la olmadik va buning oqibatida zarar ko'rdik.

Oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdik va Mbappe ikki futbolchining orasidan o'tib, erdan zarba berdi. Zarba uchun qulay vaziyatga qarab chiqib kelayotgan raqib uchun darvoza sohasini imkon qadar to'sdim, lekin alamli gol o'tkazib yubordim. Buni qabul qilish oson emas, ammo umumiy olib qarasak, biz yomon o'yin o'tkazdik. Xafamiz, lekin oldinda javob o'yini bor va hali hech nima hal bo'lmadi.

Bugungidek o'yinlarda darvozabon odatdagidan ko'proq ter to'kishi talab qilinadi. Men "Atletiko"da o'ynagan vaqtlarimdan beri Messiga qarshi maydonga tushaman va uning penaltini qanday tepishini kuzatib boraman. Leo nuqtadan ko'pincha to'pni aynan shu burchakka yo'llaydi (argentinalik oxirgi 5ta penaltidan 4 tasida to'pni o'zidan o'ng pastki burakka yo'llagan. izoh - Championat.asia). CHiziqda uzoqroq turib, uni chalg'itishga urindim.

Vazifa o'zgarmadi — g'alaba qozonishimiz zarur. Biz o'z maydonimizda, minglab muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab turadigan "Santyago Bernabeu"da raqibni kutib olamiz", - dedi Tibo Kurtua.

Avvalroq, belgiyalik posbon bu uchrashuvda rekord va bir nechta etiborga loyiq natijalar qayd etgani haqida xabar bergandik. 

BestMaster
16 Fevral 2022, 11:45
kurtua, messi, penaltini, qanday, amalga, oshirishini, bilgan?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads